Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti yurisprudensiya yo’nalishi


Download 1.38 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1760946
Bog'liq
SOLIQ INVESTITSIYA

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIK FAKULTETI YURISPRUDENSIYA YO’NALISHI

3-KURS 221-GURUH TALABASI ERGASHEV FARRUXNING SOLIQ HUQUQI FANIDAN SLAYDI

TO’G’RIDAN-TO’G’RI XUSUSIY CHET EL INVESTITSIYALARI

  • To’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar, O’zbekiston hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O’zbekiston respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.

TO’G’RIDAN-TO’G’RI XUSUSIY CHET EL INVESTITSIYALARI ISHTIROKIDAGI YURIDIK SHAXSLAR

  • Chet el fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar;
  • O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar;
  • Chet elning nodavlat yuridik shaxslari.
  • Umumiy olganda chet el investor, o’z mablag’lari yoki qarz mablag’lari hisobidan investitsiya kirituvchi ma’lum bir shaxslar.

SOLIQ SOLISH SHARTLARI

  • Soliq kodeksi 471-moddasiga asosan, to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonunchilikda tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslangan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

SOLIQ SOLISH SHARTLARI

  • Soliq kodeksi 471-moddasi birinchi qismida ko’rsatilgan yuridik shaxslarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan muddatga kiritilgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig’I, mol-mulk solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to’lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.

471-MODDADA NAZARDA TUTILGAN SOLIQ IMTIYOZLARI QUYIDAGI SHARTLAR BAJARILGAN TAQDIRDA QO’LLANILADI:

  • Yuridik shaxslar qonunchilikda belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;
  • Chet el investorlari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
  • Yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz bo’lganda;
  • Chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
  • 471-moddadagi soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qo’llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yo’naltirilganda.

SOLIQ HUQUQI


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling