Termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazi


Download 349.5 Kb.
bet7/15
Sana30.01.2023
Hajmi349.5 Kb.
#1140411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2-MI

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazi: Maktabgacha o`rta yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishda faoliyatlar orqali ta`lim va tarbiya jarayonini samarali shakllantirish mumkin, agar:
-maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlikni tarbiyalashda bolalarning qiziqishiga va xulq – atvoriga mos kitoblardan unumli foydalanilsa;
- ta’lim – tarbiya jarayonida bolalarda kitobxonlik tushunchalari
uyg’otilsa;
- faoliyalarda amalga oshirilayotgan usul va vositalardan foydalangan holda yangi hamda zamonaviy vositalarning samaradorligi tahlil qilib berilsa;
Tadqiqotning metodologik asosini Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha nazariya va metodik ishlar tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”da ko’rsatilgan vazifalar va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha buyruqlari asosida ta’lim sifatini oshirishning huquqiy asoslarini o’rganish bo’yicha qarorlar va direktiv hujjatlarga tayanadi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishni qanday tashkil etish, kitobxonlikning shakllanishi bolalarning rivojlanishi uchun qanchalik muhim ekanligini nazariy jihatdan asoslangan. Amaliy jihatdan kitobga mehr-muhabbatni tarbiyalashda oilaning o`rni va ota-onalarga bu vazifani bajarishda amaliy maslahatlar berib o`tilgan. Quyidagi amaliy vazifalarni bajarishga erishishimiz mumkin:
-maktabgacha o`rta yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishda yangi metod va faoliyat mashg`ulotlaridan foydalanish;
-maktabgacha ta`lim tashkilotlarida olib borilayotgan bayram ertaliklarida ota-onalar ishtirokini yanada oshirish;
-kitobxonlikni tarbiyalashning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish.

Download 349.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling