Termiz davlat universitetining pedagogika instituti maktabgacha ta


Download 349.5 Kb.
bet6/15
Sana30.01.2023
Hajmi349.5 Kb.
#1140411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-MI

Tadqiqot ishining maqsadi: Maktabgacha o`rta yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishning usullarini ishlab chiqish va ta’lim jarayoni orqali o’zlashtirish samaradorligini oshirish.
Tadqiqot vazifalari:
- Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik
adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni kitobxonllikka mehr
uyg’otishning bugungi kundagi holatini kuzatish va o’rganish;
- Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.
Tadqiqotning ilmiy farazi: Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi faoliyatlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishda amaliyotga joriy etilishi lozim bo`lgan xorijlik yangi texnologiyalar va usullarni milliylashtirish va ta`lim - tarbiya jarayoniga tadbiq etish.
Tadqiqot predmeti. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyatini nazariy va amaliy jihatdan asoslash.
Tadqiqot ob'ekti: Termiz shahridagi 24-23-sonli MTT laridagi o`rta guruh tarbiyalanuvchilarida faoliyatlar orqali kitobxonlikka mehr uyg’otishning jarayonlari.
Tadqiqotda qoʻllaniladigan metodikaning tavsifi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etish, unga doir adabiyotlar bian ishlash, tahlil, dialog, amaliy, pedagogik kuzatish, pedagogik eksperiment, umumlashtirish, savol -javob, statistik tahlil va natijalarni matematik tahlil qilish metodlaridan foydalaniladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1. Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi guruhlarda olib boriladigan faoliyatlarning maqsad va vazifalari tahlil etiladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha tizimli ishlarni joriy qilish va bunda ota-onalar mas`uliyatini oshirish yo`llari aniqlanadi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan faoliyatlar yordamida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda o’yin texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy metod va usullari amaliyotga joriy etiladi. Dastlabki erishilgan natijalar va muqobil variantlarini sifatli va miqdoriy tahlilini o'z ichiga oladi.

Download 349.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling