Yaxlit temir-beton to‘shamalar. Ba’zan zamin gmntlarining ko’p yuk ko'tara olmasligi va povdevorga juda katta kuch ta’sir etishi natijasida bir necha poydevorlar bir-biri bilan birlashib ketish hollari yuz beradi. Bunday hollarda poydevomi yaxlit temir-beton to'shama shaklida loyihalash maqsadga muvofiq. Yaxlit temir-beton to'shamalardan tashkil topgan poydevorlarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: a) bino va inshootlarning umumiy mustahkamligi ta’minlanadi; b) bino va inshootlarning bir xil cho'kishi ta’minlanadi; Qurilishda qoziqli va alohida poydevorlar. Qurilishda qoziqli va alohida poydevorlar. Qoziqli poydevorlar. Bo'sh gruntlarda inshoot barpo etishda qadimdan qoziqli poydevorlardan foydalanib kelingan. Buning asosiy sababi, birinchidan, qoziq qoqishda ikkinchidan, yuqoridan tushayotgan yuk qoziqning butun sirti bo'ylab gruntga uzatiladi. Shuning uchun ham qoziqli poydevorlami amalda qo'llash so'nggi yillarda yanada rivojlanib ketdi. Qoziqli poydevorlar vazifasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Gruntda ishlash sharoitiga mos ravishda osma qoziqlar va ustun qoziqlar mavjuddir. Ustun qoziqlar barcha bo‘sh gruntlar qatlamini kesib o ‘tib, uchlari bilan mustahkam gruntga o'm atiladi. Agar qoya gruntlariga yetib borish imkoniyati bo‘lsa, ularga o'rnatish eng maqsadga muvofiq. Bunda inshoot zamini haqiqiy ma’noda mustahkam bo'lib, cho'kish deyarli yuz bermaydi. Ustun qoziqlamlng inshoot qurilmasi sifatida ishlash mohiyati oddiy ustunlarnikidan kam farqlanib, qoziq orasidagi grunt ularning ish jarayonida deyarli qatnashmaydi. Osma qoziqlarning uchlari mustahkam gruntlarga yetib bormaydi. Poydevoming bunday turlari mustahkam grunt qatlami chuqur joylashgan hollarda qo'llanadi. Bunday qoziqlar orasida joylashgan gruntlar qoziqlar bilan birgalikda ishlaydi. Bunda bo'sh gruntga qoqilgan yoki o'matilgan qoziq sirti bo'ylab grunt orasida qarshilik kuchi vujudga keladi. Qumli gruntlarda ishqalanish, loylarda esa bog'lanish kuchi, asosan, zamin mustahkamligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |