Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti


Variatsion qatorlar va ularning turlari


Download 320.29 Kb.
bet2/6
Sana04.02.2023
Hajmi320.29 Kb.
#1163599
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdiyev Safarali 321 statistika (3)

Variatsion qatorlar va ularning turlari

Statistik to`plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir.


Eng oddiy boshlang`ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida
vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo`lmasdan, qayd qilishdagi
holatga asoslanadi. Odatda to`plam birliklari ma`lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi.



Statistik qator –
tartiblangan statistik
to`plamdir.

Bunday tartiblangan statistik to`plam


statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar
qatori (ketma - ketligi) bilan ta`riflanadi.
Statistik qatorlar turli shakllarda va yo`llar bilan tuziladi. Ularni quyidagi turlarga bo`lish mumkin .



Statistik qatorlarning turlari.



Taqsimot qatorlar –
to`plam birliklarini
ma`lum belgilar asosida
guruhlarga (qismlarga)
bo`linishi tushuniladi.

O`rganilayotgan obyektlarni tasniflash


usuliga qarab statistik qatorlar ikki turkumga
ajraladi:biri-taqsimot qatorlari, ikkinchisi dinamika qatorlari.
Statistik to`plam birliklarini ma`lum holatga (paytga) nisbatan yoki vaqt oralig`i davomida kuzatib, ularni biror belgi asosida tasniflash natijasi taqsimot qatorlari deb yuritiladi.

Dinamik qator –
hodisani vaqt bo`yicha
o`zgarishini ko`rsatuv
chi sonlar qatoridir.

Statistik to`plam birliklarini uzoq vaqt


davomida kuzatib, davrlar yoki vaqt paytlari
bo`yicha tasniflash mumkin. Bu holda
vujudga keladigan qator dinamika qatori deb ataladi, chunki u o`rganilayotgan jarayon dinamikasini tasvirlaydi.
Taqsimot qatorining asosiy unsuri varianta, dinamika qatoriniki esa daraja deb yuritiladi. Demak, taqsimot qatorlari-bu, variantalar ketma
ketligi bo`lsa, dinamika qatorlari vaqt oraliqlariga tegishli darajalar ketmaketliklaridir. To`plam birliklarini tasniflash asosi qilib qanday belgi
olinishiga qarab taqsimot qatorlari ikki turga ajraladi. Bunday belgi sifatida atributiv ya`ni mazmunan farqlanuvchi belgilar olinsa, hosil
bo`lgan taqsimot qatorlari atributiv qatorlar deb yuritiladi.
To`plam birliklarini miqdoriy belgilariga qarab tasniflash natijasida hosil bo`lgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deb ataladi.

Download 320.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling