Termiz Davlat


Download 14.25 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi14.25 Kb.
#1419245
Bog'liq
Xisobot


Termiz Davlat
Universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi
4-bosqich 407-guruh talabasi
Sayfitdinova Shahnozaning
malakaviy-pedagogik amaliyotdan

Hisoboti
Men Sayfitdinova Shahnoza 13.02.2023 dan 11.03.2023 gacha Jarqo’rg’on tumanidagi 5-umumiy o`rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyot o`tadim.
Men amaliyot o`tash davrida 5-umumiy o`rta ta’lim maktabi ichki tartib-qoidalari, faoliyat bilan tanishdim va boshlang’ich ta’lim o`qituvchilari bilan mutazam ish olib bordim. Men u yerda maktabdagi amaliyot raxbarim Turg’unboyeva Orzuxon bilan birgalikda menga biriktirilgan 3-“H” sinf bilan tanishdim va amaliyot jarayonida o`qituvchilarning dars o`tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo`ladigan turli o`qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarnidars davomida
qo`llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o`qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o`quvchi bilan to`g`ri va samarali aloqa o`rnatishni kuzatdim va o`rgandim. Boshlang’ich sinf o`qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konpekt yozishni, foydalanishni, darsni to`g`ri tashkillashtirish, mavzuga mos bo`lgan materiallar, ko`rgaazmali urollar, tarqatma materiallar, misollar, mavzularga mos keladigan o`yinlar tayyorlashni, barcha o`quvchilarni rag`batlashni, vaqt taqsimotini to`g`ri tashkil etishni o`rgandim va o`zim ham mustaqil ravishda o`quvchilarga dars o`tdim. Bunda mega o`qituvchilardan o`zlashtirgan bilimarim samara berdi.
Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko`proq e’tibor bo`lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o`rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga haraka qildim. Sinflarda o`tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosidama’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o`rgandim. Davomati va o`zlashtirishi past o`quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko`maklashishni o`zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo`l-yo`riqlari yordam berdi.
Shuningdek, amaliyotim davomida bo`lib o`tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkkillashtirish jarayonida o`qituvchilarimga yordam berdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o`quvchilarning yordamlari katta madad bo`ldi.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o`rgangan va keying bosqichlarda o`rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo`lib yetishishimda katta yordam beradi.

Maktab direktori: R.Kulbayev


Universitet amaliyot rahbari: Sh.Donayeva
Download 14.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling