Termiz Davlat
Download 14.25 Kb.
|
Xisobot
Termiz Davlat Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi 4-bosqich 407-guruh talabasi Sayfitdinova Shahnozaning malakaviy-pedagogik amaliyotdan Hisoboti Men Sayfitdinova Shahnoza 13.02.2023 dan 11.03.2023 gacha Jarqo’rg’on tumanidagi 5-umumiy o`rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyot o`tadim. Men amaliyot o`tash davrida 5-umumiy o`rta ta’lim maktabi ichki tartib-qoidalari, faoliyat bilan tanishdim va boshlang’ich ta’lim o`qituvchilari bilan mutazam ish olib bordim. Men u yerda maktabdagi amaliyot raxbarim Turg’unboyeva Orzuxon bilan birgalikda menga biriktirilgan 3-“H” sinf bilan tanishdim va amaliyot jarayonida o`qituvchilarning dars o`tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo`ladigan turli o`qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarnidars davomida qo`llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o`qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o`quvchi bilan to`g`ri va samarali aloqa o`rnatishni kuzatdim va o`rgandim. Boshlang’ich sinf o`qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konpekt yozishni, foydalanishni, darsni to`g`ri tashkillashtirish, mavzuga mos bo`lgan materiallar, ko`rgaazmali urollar, tarqatma materiallar, misollar, mavzularga mos keladigan o`yinlar tayyorlashni, barcha o`quvchilarni rag`batlashni, vaqt taqsimotini to`g`ri tashkil etishni o`rgandim va o`zim ham mustaqil ravishda o`quvchilarga dars o`tdim. Bunda mega o`qituvchilardan o`zlashtirgan bilimarim samara berdi. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashtirishni, nimalarga ko`proq e’tibor bo`lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o`rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga haraka qildim. Sinflarda o`tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosidama’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o`rgandim. Davomati va o`zlashtirishi past o`quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko`maklashishni o`zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo`l-yo`riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo`lib o`tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkkillashtirish jarayonida o`qituvchilarimga yordam berdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o`quvchilarning yordamlari katta madad bo`ldi. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o`rgangan va keying bosqichlarda o`rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo`lib yetishishimda katta yordam beradi. Maktab direktori: R.Kulbayev Universitet amaliyot rahbari: Sh.Donayeva Download 14.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling