Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Bug‘alteriya hisobi va audit ta‘lim yo‘nalishi 4-22 guruh talabasi Jabborov Islomning Iqtisodiy nazariya fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 23.83 Kb.
|
Jabborov Islom nazariya Marjinalizm
Marjinalizm-bu (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot ob’ekti qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday xo‘jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya’ni jamiyat aloxida olingan robinzonlar xujaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi. Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi, ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi. Biz yukorida merkantilizm ( boylik asosi muomala soxasida), fiziokratizm (yer), iktisodiy ta’limotlarini kurdik. Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‘langan yakka xo‘jaliklarning mexanik yig‘idisi deb tasvirlab, mehnatning kiymatni belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‘lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning foydaliliga va noyobligi bilan o‘lchanadi.
Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling