Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Bug‘alteriya hisobi va audit ta‘lim yo‘nalishi 4-22 guruh talabasi Jabborov Islomning Iqtisodiy nazariya fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 23.83 Kb.
|
Jabborov Islom nazariya Marjinalizm
Avstriya maktabi.XIX asrning 70-yillarida G‘arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AqSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta’limot g‘arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi.
Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling