Termiz muhandislik-texnalgiya insitituti talabasi. Odilov Jumavoy Inomjon o’g’li Tel:+998903034073


Download 176.39 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi176.39 Kb.
#1443074
1   2   3
Bog'liq
Jumavoy

Ko’rsatkichlar




Yengil neft mazuti

Yengil neft gudroni

Neftning yarim gudroni

Mahsulotlar chiqishi % (mass): Vodorod sulfid




0,2


0,3


-

C4 gacha bo’lgan gazlar




2,1

2,2

0,8

C5 va C6 fraksiyalar




1,4

1,3




C7 -1850C fraksiya




4,7

4,6

5,6

185 – 3700C fraksiya




10,7

-

-

Qoldiq (>3710C)




80,9

-

-

Qoldiq (>1850C )




-

91,6

92,6

Jami:




100,0

100,

99,0

Visbreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir seksiya ko’rinishida kiradi, masalan: neftni atmosferali haydash – atmosferali mazut visbrekingi gazoyl fraksiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash – gazoyllarini ajralishi – kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini termik krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460 – 5000C temperatura, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o’tkaziladi. Visbreking jarayoni issiqlik yutilish (endotermik) reaksiyasi bilan kechadi.
Visbrekingdan olingan benzin fraksiyalari oktan soni 58 dan 68 (motor usulida qo’ndirmasiz (prisadkasiz)) oralig’ida bo’ladi. Benzin va kerosin fraksiyalarda oltingugurt miqdori xom ashyodagiga nisbatan kam bo’ladi, bu fraksiyalarni tozalashga to’g’ri keladi.
Reaksion kamerali visbreking qurilmasi
Neftni haydash qurilmasidan qizigan (qaynoq) mazut 1-nasos yordamida 2-zmeevikli pechga beriladi. Xom ashyo pechdan chiqib, 1,7 MPa bosim atrofida ishlovchi 3-reaksion kamera (reaktor) da visbrekinglanadi. Olingan mahsulotlar aralashmasi 4-reduksion klapan orqali o’tib, so’ngra 8fraksiyalovchi kolonnaga yuboriladi.Aralashma kolonnaga kirguncha 7-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali berilayotgan sovuq gazoyl oqimi quyilishi hisobidan sovutiladi. Sovuq gazoylni qoldiq (resirkulyat) qismi 8kolonna o’rta qismiga qaytariladi. Gazoylni balans miqdori 5-sovutgich orqali qurilmadan chiqariladi.

Reaksion kamerali visbreking qurilmasi texnologik sxemasi:
1, 7, 9, 10, 14-nasoslar; 2-quvurli pech; 3-reaktor; 4- reduksion klapan; 5-sovitkich; 6issiqlik almashtirgich; 8-fraksiyalovchi kolonna; 11-havoli sovitish jihozi; 12-suvli sovitkich; 13-separator.
Benzin bug’lari kondensatsiyalash va gazlarni sovutish uchun 8-kolonna yuqorisida 11-havoli sovutgich xizmat qiladi. Undan so’ng aralashma 12-suvli sovutgichdan o’tadi. Gorizontal separator 13 da og’ir gazlar beqaror benzinlardan ajratiladi. Benzinning bir qismi 14-nasos yordamida kolonna yuqori taralekasidan sovuq quyilish hosil qilish uchun qaytariladi, qolgan qismi qurilmadan chiqariladi.
Kolonnadan yengil kerosin fraksiyasi tarelkalararo chiqarish joyidan olinib, 10-nasos yordamida qurilmadan chiqariladi. Ayrim qurilmalarda bu fraksiya yordamchi bug’latuvchi kolonnalar orqali chiqariladi.
Qoldiq – og’irlashgan visbreking mazut 8-kolonna pastidan 9-nasos yordamida chiqarilib, vakuum bosqichga yuboriladi. Yuqorida ko’rilgan qurilma uyg’unlashgan qurilmalar bir qismidir.
Xulosa
Kolonnadan yengil kerosin fraksiyasi tarelkalararo chiqarish joyidan olinib, nasos yordamida qurilmadan chiqariladi bu jarayonda yangi usullarni tadbiq qilishni yaxshi fikir deb xisoblayman. Ayrim qurilmalarda bu fraksiya yordamchi bug’latuvchi kolonnalar orqali chiqariladi yangi usuldan foydalansa yaxshi effect beradi. Qoldiq – og’irlashgan visbreking mazut kolonna pastidan nasos yordamida chiqarilib, vakuum bosqichga yuborish jarayoni ro’y beradi. Yuqorida ko’rilgan qurilma uyg’unlashgandan so’ng ham qurilmalarning bir qismini tashkil qiladi.

Download 176.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling