3-bob. Rektorning huquq va majburiyatlari
Rektor quyidagi huquqlarga ega:
a) 2-3-bandlar ijrosini talab qilish;
b) talabadan institutning Ichki tartib, Odob-axloq koidalariga, institutning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati)ga, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu shartnomaga qat’iy rioya qilishini, institut mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini talab qilish;
v) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, talaba o‘ziga qo‘yilgan talablarni bajarmaganda intizomiy javobgarlikka tortish, zarur hollarda talabalar safidan chetlashtirish;
Rektor qonun hujjatlari va institut lokal hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
Rektorning majburiyatlari:
a) talabani mazkur shartnomada ko‘rsatilgan sharoitlar bilan ta’minlash;
b) o‘quv jarayoni, o‘quv dasturlari, o‘quv yuklama hajmi va o‘quv mashg‘ulotlari jadvalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida talabani o‘z vaqtida ogohlantirish;
v) O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligini ta’minlash.
4-bob. Taraflarning javobgarligi
Talaba davlat yoki tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishga, institut rahbariyatining roziligisiz institut faoliyatiga oid uchrashuvlar o‘tkazish va muzokaralar olib borishga xamda institut nomidan ish yuritishga haqli emas.
Agar talaba tomonidan davlat yoki tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etilishi natijasida institutga zarar yetkazilgan bo‘lsa, u O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Talaba shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda rektor tomonidan talabalar safidan chetlatish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Talaba O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda institutning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini buzgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |