Termiz muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»
Download 191.26 Kb.
|
IPI.NAFISA
Xulosa va takliflar
Ushbu ilmiy-pedagogik amaliyotida menga ajratilgan 80 soatlik yuklamani bajarish vaqtida shunday xulosaga keldimki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi qonunlar bugungi kunda to‘liq amalga oshirilib, yangiliklar amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda va men o‘tilgan pedagogik amaliyot jarayonida “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasidan ustozim Texnika fanlari nomzodi dotsent Safarov Nurali Qudratovichning va “Donni saqlash va qayta ishlash” fani o’qituvchisi Normamatov Nemat ustozning laboratoriya va amaliyot darslarida qatnashdim.Bundan tashqari “Analitik kimyo va fizik kimyo taxlili”fani o’qituvchisi Xolboyeva Muyassar,”Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”fani o’qituvchisi Turdiyev.B.,”Nazariy mexanika va materiallar qarshiligi “fani o’qituvchisi Ulug’ov Bozorning va boshqa assisententlarning labaratoriya va amaliyot darslarida tinglovchi sifatida ishtirok etdim. Assistentlarning dars o‘tish metodikasi Davlat ta‘lim standartlariga to‘la javob beradi. O‘qituvchi o‘tilgan mavzularni yangi mavzuni boshlashdan oldin eslatib keyin ularga savollar, tarqatma materiallar asosida so‘rab javoblarni baholab boradi. Institutimiz o‘qituvchi va professorlaridan hemis dasturidan foydalanish, ushbu dastur orqali kalendar reja asosida mavzularni, resurslarni kiritishni, guruh davomatini kiritishni, talabalarni baholashni o‘rgandim. Xar bir bakalavr talabasi ustozlarning darsiga faol qatnashadi, ustozlar xa bir fanni juda qiziqarli va mazmunli o‘tadi. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, “Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilarining dars o‘tish metodikasi menga ma’qul bo‘ldi. Xar bir mutaxassis o‘z kasbining ustasi bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.Kuzatishlarim natijasida shuni aytishim mumkinki,institutimiz professor o’qituvchilarining darslarini mahorat bilan o‘tishini talabalarga o‘z sohalariga doir bo‘lgan ma’lumotlarni, yangiliklarni a‘lo darajada tushuntiradilar. Men ustozlarning 21A,B-guruh, EKO-21A-guruh, 22V-guruh, YM-21B-guruh va boshqa guruhlar darslarida kuzatuvchi sifatida qatnashdim. Tolani dastlabki ishlash (laboratoriya) mashg‘ulotida ustoz “Paxta tolasining namligini aniqlash” mavzusi yuzasidan talabalarga tushuncha berdilar. Paxta tolasining namligini aniqlash uchun qanday qilib namuna olinishi, qanday dastgohlar yordamida uning namligini aniqlash, paxta namligini aniqlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, uning optimal namligi etib necha foiz qabul qilinganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar. To‘qimachilik materialshunosligi (amaliy) fanida esa “Gazlamalarning oddiy o‘rilishini o‘rganish mavzusida talabalarga tushuncha berdilar. Oddiy o‘rilishlarga qaysi o‘rilishlar kirishi, tanda va arqoq iplarining joylashuvi, sarja, satin, atlas o‘rilishlari, mayda gulli o‘rilishlarini sxemada chizib ko‘rsatdilar. Talabalar bilan ushbu mavzular yuzasidan savol javob o‘tkazdilar. Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki darslar qiziqarli o‘tkazildi. Talabalar ham bu mavzular yuzasidan kerakli ma‘lumot oldilar deb o‘ylayman. Men ham kelajakda uztozimiz kabi o‘z ishining ustasi bo‘lish uchun harakat qilaman. Download 191.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling