Termiz muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»
Download 191.26 Kb.
|
IPI.NAFISA
- Bu sahifa navigatsiya:
- «TASDIQLAYMAN»
- MAGISTRATURA BOʻLIMI 70721403-Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (tikuv buyumlari) mutaxassisligi magistranti
- Bajaruvchi Magistrant : N.H.O‘rolova Termiz 2023 yil MUNDARIJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
MAGISTRATURA BOʻLIMI 70721403-Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (tikuv buyumlari) mutaxassisligi magistranti O‘ROLOVA NAFISA HASAN QIZIning ILMIY PEDAGOGIK ISH HISOBOTI Ilmiy rahbar TTESI t.f.d professori.: F.U.Nigmatova Bajaruvchi Magistrant: N.H.O‘rolova Termiz 2023 yil MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………. 1.Professor-o‘qituvchilarning HEMIS tizimidan foydalanishni o‘rganish. 2.Kafedraga guruhlar o‘zlashtirishi past talabalar bilan ishlash…………. 3. Xorijiy oliy ta‘lim muassasalarini faoliyatini o‘rganish ………........... 4. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish …………………….. 5.Professor-o‘qituvchining dars o‘tish bo‘yicha tahlili……… Xulosa va takliflar……………………………………...…………........ KIRISH O‘zbekiston islohotlarini amalga oshirishda respublikamiz tomonidan tanlangan yo‘l to‘g‘ri ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Buning isboti tariqasida, dinamik tarzda rivojlanayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoit muammolarining muvaffaqiyatli yechim topayotganligidir. Shu bilan birgalikda davlat siyosati ta’lim soxasiga va o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor haratmoqda. Mustaqillik bizga o‘z xuquqlarimizni va o‘z yo‘nalishimizni tanlash imkonini, ma’naviy axloqiy xalqning madaniy – tarixiy boyligiga hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda kadrlar tayyorlash va shaxsiy ta’lim tizimi modelini tanlash xuquqini beradi. Shu nuqtai nazardan haraganda, aholimizni ish bilan ta’minlash, uning daromadlarini yanada oshirish, qisqacha aytganda, barharor hayotimizni yanada mustahkamlashdek o‘ta dolzarb masalalarni hal qilishda alohida o‘rin egallab borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga yangi turtki berish, bu soha oldida turgan to‘siqlarni bartaraf qilish bugungi va ertangi kunimiz uchun nechog‘li katta ahamiyatga ega ekani to‘g‘risida gapirish ortiqcha, deb o‘ylayman. Ayni shunday murakkab muammolarning yechimini topish haqida bosh qotirar ekanmiz, bu muammolar naqadar dolzarb ekanini va bu yo‘nalish yaqin va uzoq kelajagimizda, hech shubhasiz, hal qiluvchi o‘rin egallashiga amin bo‘lishimiz tabiiydir. Tikuvchilik sanoat yengil sanoatning asosiy yirik qatlamlaridan biridir. Tikuvchilik sanoatining asosiy maqsadi – insonlarning yuqori sifatli va turli assortimentdagi kiyimlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdir. Bu masalaning kengayishi ishlab chiharishning texnologik jarayonlarning, ishlab chiharishning mehnat unumdorligini, mahsulot ishlab chiharishning sifat ko‘rsatkichlarini yahshilash kabi vazifalarni ham zimmasiga oladi. O‘zbekiston to‘qimachilik va yengil sanoatni rivojlantirish uchun katta miqdordagi tabiiy xom ashyo resurslari mavjud. Ushbu resurslardan tayyor mahsulot olib chiharib, avvalo ichki bozorimizni to‘ldirib, so‘ngra sifatli va raqobatbardosh mahsulot, buyumlar bilan jahon bozoriga chiqish, Respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori sifatli tikuv buyumlarini loyihalashtirilib, ularni ishlab chiharishning zamonaviy iqtisodiy xususiyatlariga to‘g‘ri yondashib, mutaxassislikka oid murakkab masalalarni yechishga qodir va estetik qonunlarni mukammal egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifadir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturida va milliy modelda ilmiy uzliksiz ta’limning mazmuniy va tashkiliy rivojlanishiga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq belgilangan. Yengil sanoatda o`zgargan vaziyatlar kichik firma va qo‘shma korxonalarni tashkil etish, assortimentni tez-tez yangilanadigan va tez moslashadigan sikllar kompleksini yaratsh (ya’ni, tolalarni qayta ishlashdan boshlab tayyor tikuv buyumlarini ishlab chiharishgacha) sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash jarayoniga yangicha yondoshuv talab qilinadi. Zamonaviy mutaxassislar bir vaqtning o‘zida, dizayner, konstruktor, texnolog, marketolog va o‘z maxsulotini muvaffaqiyatli sotuvchisi kabi vazifalarni bajarishi kerak. Insonlarning zamonaviy va sifatli kiyimga bo'lgan ehtiyojining doimiy o'sib borishi korxonalar tomonidan ularning assortimentini ko'paytirish va yaxshilash, sifatini oshirishni talab etadi. o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21-dekabrdagi PQ–2687-son qarori bilan 2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan. HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi. Download 191.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling