TAQDIMOTI
TERMIZ MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI
TRANSPORT TIZIMLARI FAKULTETI
YO’L MUHANDISLIGI (SIRTQI)YO’NALISHI
4-BOSQICH 3SD20-GURUH TALABASI
METINOV ELDORNING
LANDSHAFT ARXITEKTURASI FANIDAN
TAYYORLAGAN
AVTOMOBIL YO'LLARINI KO'KALAMZORLASHTIRISH USULLARI. - REJA:
- 1, Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi
- 2, Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy turlari
- 3, Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish -
- Muhandislik inshootlari (yo‘l, ko‘prik va boshqalar) tarkibiga kiradigan yo‘l daraxtlari ob’ektning o‘ziga xosligini ta’kidlab, uni transport haydovchisi, piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan qabul qilinishini oshirishi kerak. Yo‘l o‘simliklari quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
a) yo‘lning ko‘rinishini idroq qilish;
b) insonlar va transport harakati xafsizligini yaxshiroq ta’minlash uchun sharoit yaratish;
v) yo‘lni atrof landshaftiga moslashtirish, tabiat go‘zalligini bor bo‘yicha ko‘rsatish va shuningdek, landshaftni boyitish;
g) mikroiqlimni yaxshilash;
d) inshootlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash.
- Yo‘l o‘simliklari tabiatning boyliklarini ko‘rinishini buzmasdan, ayrim ko‘rimsiz ob’ektlarni (bino, ochiq kon v.b) ko‘rinishini berkitishga xizmat qiladi. Yo‘l o‘simliklari odamlar to‘planadigan joylarda (avtobus bekatlari, dam olish maydonchalari) atrof muhitga qaraganda yaxshilangan mikroiqlim sharoitini yaratishi kerak. Ular yuqori didli ko‘rinishda bo‘lib, odamlar to‘planadigan joyni shamoldan to‘sish, quyosh, chang va shovqindan saqlashga xizmat qiladi.
- Yo‘l o‘simliklari muhandislik inshootlari (ajratuvchi tasma, yon bag’r qiyaligi, suv qochirish ariqchalari v.b.) saqlanganligini ta’minlashga yordam beradi. Ko‘kalamzorlashtirish faqat manzara vazifasini emas, balki yo‘lning transport-ekspluatastion ko‘rsatgichlariga, ba’zi bir hollarda yo‘l harakati xavfsizligi va qulayligiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘l bo‘yi o‘simliklarining himoya funkstiyalari yo‘llarni qor va qum bosishidan va chang-to‘zondan asrashda, daraxtlar ochiq joylarda transport vositasini boshqarishni qiyinlashtiradigan yon tomondan esadigan kuchli shamolni to‘sishda, butalar o‘yma, ko‘tarma yon bag’rlarini va jarliklarni suv va shamoldan emirilishidan himoyalashda, o‘simliklar yo‘l poyini namgarchilik va suvli joylarda quritishga 132 yordam beradi.
Yo‘l bo‘yi o‘simliklari yo‘l harakatini tashkil etishning kompleks tadbirlarida, tuman va qor bosib qolish davrlarida, sutkani qorong’i vaqtida yo‘lni idrok etishni ta’minlash, hamda yo‘lning to‘g’ri va egri bo‘laklarida haydovchilarni yo‘nalishni aniqlashini yaxshilash, yo‘lning ayrim elementlarini, chorrahalar, xizmat ko‘rsatish inshootlarini aniq ko‘rsatib harakat xavfsizligini oshirishga yordam beradi
Ajratuvchi tasmali bo‘lgan ko‘p tasmali yo‘llarda haydovchilarni qarshi tomondan kelayotgan avtomobillar farasi yorug’ligidan ko‘z qamashishini oldini oladi. Mamlakatga mehmon bo‘lgan yo‘lovchilarni zavqlantiruvchi manzaralar bilan o‘ziga jalb qiladi.
- Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.
- a) Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi: - nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish; - qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish; - qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish; - shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish
Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish. Nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog’inlari va uchirib ketuvchi shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Nurashga asosan himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yo‘l yon bag’irlari va suv qochirish inshootlari uchraydi. - b) Manzarali ko‘kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo‘yicha mamlakat mehmonlarini jalb etuvchi omil bo‘lib, avtomobil yo‘lini arxitektura-tasviriy ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladi.
- Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishida buta yoki qoraqarag’ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi.
- Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish - avtomobil yo‘llarini qum bosishidan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi mumkin.
- Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning aholi yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi hududi yonidan, davolanish maskanlari, turizm rivojlangan hududlar, qo‘riqxonalar, milliy bog’lar hamda madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan erlar va boshqa joylarda qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish maxsus tanlab olingan ko‘p qatorli daraxt-butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda samarali to‘siq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |