Termiz muxandislik texnologiya instituti Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti Oziq- ovqat texnologiyasi(Don mahsulotlari) ta’lim yo‘nalishi iv-kurs 12-18 guruh talabasi Maxmadaminova Rayhonaning


Don va don massasining sorbsion xossalari


Download 28.02 Kb.
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1210202
1   2   3   4
Bog'liq
Райхон диплом юзи ва глоссарй

Don va don massasining sorbsion xossalari - don va don massasida turli gaz va har xil modda bug‘larining yutilishi.
Sorbsiya - turli gaz yoki bug‘larning don massasiga yutilishi.
Desorbsiya - yutilgan turli gaz yoki bug‘larning don massasidan chiqishi.
Gigroskoplik - suv bug‘ining dondagi sorbsiya yoki desorbsiya darajasi.
Texnologik amallar - donni qabul qilish, saqlash va unga ishlov berishda ish unumdorligi va mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘ulgan tadbirlar.
Unda kechadigan ijobiy jarayonlar - un sifatini, birinchi navbatda nonboplik xususiyatlarini yaxshilashga imkon beradigan jarayonlar majmuasi.
Unda kechadigan salbiy jarayonlar - rivojlanishi undagi quruq moddalarning yo‘qolishiga va sifatining pasayishiga olib keladigan jarayonlar.
Unning pishib etilishi - saqlashda bug‘doy unida kechadigan ijobiy jarayonlar majmuasi.
Unning zichlashuvi - tabiiy fizikaviy jarayon bo‘lib, unning o‘z massasi ta’siri ostida zichlashuvi.
Unning jipslashuvi - noqulay sharoitda saqlanayotgan unning oquvchanligini yo‘qotib zichlashuvi.
Don massasining o‘z- o‘zidan qizishi - donda kechadigan fiziologik jarayonlar va uning yomon issiqlik o‘tkazuvchanligi oqibatida haroratning ko‘tarilib ketishi.
Kritik namlik - don massasi komponentlarining fiziologik xususiyatlarining aktivlashishiga imkon beradigan namlik chegarasi.
Ombor xisobi - donning miqdori bo‘yicha hisobi.
Jamlovchi hisob - donning mikdor-sifati bo‘yicha hisobi.
Tozalov dalolatnomasi - saqlanayotgan don uchun moddiy javobgar shaxs almashtirilganda yoki inventarizatsiya o‘tkazilganda, saqlagichdagi donning kirim-chiqim miqdori bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan №30-shakl bo‘yicha tuziladigan hujjat.
Tabiiy yo‘qolish me’yori - saqlashda donmahsulotlari quruq moddalarining va hisobga olinmay changlanib yo‘qolishi bo‘yicha belgilanadigan yo‘qolish me’yori.

Download 28.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling