Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi


Download 83.74 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi83.74 Kb.
#1496932
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xatlarga javob


Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Termiz shahar xalq ta’limining 2018-yilning 9-avgustdagi
01-5/831-sonli xatiga asosan
Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabidan boshlang’ich tashkilot yetakchiligi uchun 2018-yilning 10-avgust kuni soat 15:00 da Termiz shahri axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kollejiga tavsiya etilgan nomzodlar qatnashishdi. Nomzod sifatida tarix fani o’qituvchisi B. Xaynazarov, ingliz tili fani o’qituvchisi U.Xolnazarov hamda men yoshlar yetakchisi
J.X. To’rayev ishtirok etdik. Nomzodlarni tanlash hududiy tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshirildi. Hududiy komissiya tarkibiga O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi raisi Sh.Olimov, Termiz shahar xalq ta’limi bo’limi xodimi,Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Termiz shahar bo’linmasi rahbarining yoshlar masalasi bo’yicha o’rinbosari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Termiz shahar kengashi apparatining boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi mudiri kiradi. Nomzodlar belgilangan meyorlar asosida suhbatdan o’tkazildi. Suhbat natijlariga ko’ra men J.X.To’rayev O’zbekiston yoshlar ittifoqining Termiz shahridagi 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabidagi boshlang’ich tashkiloti yoshlar yetakchisi sifatida saylandim. Nizomga muvofiq O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotining tuzilganligi hamda hisobga olinganligi to’g’risida guvohnoma hamda tavsiyanoma menga berildi.

Maktab direktori: R.O. Qayumova
Ijrochi: J.X.To’rayev


Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Termiz shahar xalq ta’limining 2018-yilning 6-sentabrdagi
01-14/222-sonli xatiga asosan
Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining yoshlar yetakchisi
J.X. To’rayev 2018-yil 6-sentabr kuni soat 16:00 da Termiz Axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kollejida bo’lib o’tgan “Yoshlar yetakchisi faoliyatining yangi bosqichi” nomli seminar treningda ishtirok etdim. Ushbu seminar treningda Termiz shahar kengashi raisi hamda mas’ul hodimlari ishtirok etishdi. Ushbu seminar trening davomida biz yoshlar yetakchilarining keying faoliyati uchun zarur bilim va ko’nikmalariga ega bo’ldik.

Download 83.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling