Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida «Diniy –ekstremizm, terrorizmga qarshimiz» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati bayoni №
Download 18.78 Kb.
|
11-oktabr kuni Diniy-ekstremizm bayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yig‘ilish raisi: Qatnashdilar
- K U N T A R T I B I D A Maktabda «Diniy-ekstremizm, terrorizmga qarshimiz» mavzusida davra suhbati o‘tkazish
- YIG‘ILISH QAROR QILADI
“TASDIQLAYMAN” Termiz shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori __________R.O.Qayumova Termiz shahar 5-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida «Diniy –ekstremizm, terrorizmga qarshimiz» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati BAYONI №__ “__””________”.2018 y Termiz shahar
K U N T A R T I B I D A Maktabda «Diniy-ekstremizm, terrorizmga qarshimiz» mavzusida davra suhbati o‘tkazish Kun tartibidagi masala yuzasidan F. Sattorova - MMIBDO‘ so‘zga chiqdi. Terrorizm - siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarliklar qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar hisoblanadi. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo‘linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi deya o‘z so‘zini tugatdi. Shundan so‘ng, maktabning tarix fani o‘qituvchisi B.Xaynazarov bugunning muhim muammolaridan bo‘lgan Diniy-ekstremizm va aqidaparastlikka qarshi kurash hozirgi kundagi muhim muammolardan biri ekanligi, ekstremizm-terrorizm, uning o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga ta’siri, yoshlar urtasida jinoyatchilik , uning oldini olish borasida olib borilishi kerak bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritib, ushbu mavzular yuzasidan har kun yoshlarimizga tushuntirib borishimiz lozimligi haqida gapirib o‘tdi. B.Xaynazarov o‘z so‘zida keyingi paytda mamlakatda ma’rifiy-mafkuraviy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini zamon talablari darajasiga ko‘tarish masalasiga muhim ahamiyat berilayotganligi, xalqning yangi hayot qurish yo‘lidagi ezgu maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etgan milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari ishlab chiqilganligi, ularni xalqimiz, eng avvalo, yosh avlod qalbi va ongiga singdirish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganligi, xalqimizning umid-ishonchi va tayanchi bo‘lgan yoshlar tarbiyasi, ularning hayotga, el-yurtga munosabatiga o‘tkazadigan hayotbaxsh ta’siri bilan belgilanishi, yoshlar tarbiyasiga beparvolik, mafkuraviy kurashdagi loqaydlik, tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligini, tarbiya-bu, hayot-mamot masalasi ekanini qayta-qayta tushuntirish, ularni ogoh etish zarurligi hakida gapirdi. Ushbu mavzu yuzasidan maktabning yoshlar yetakchisi J.X. To’rayev tarix fani o‘qituvchisi B.Xaynazarovlar ma’ruzasi tinglandi. U o‘z ma’ruzasida yoshlar tarbiyasiga beparvolik, mafkuraviy kurashdagi loqaydlik, tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, tarbiya xayot mamot masalasi ekanligini, yoshlarni xayot so‘qmoqlaridan eson-omon olib o‘tish, shiddatkor zamonning bo‘ron-to‘fonlaridan ximoya kilish, diniy aqidaparastlik, terrorchilik, giyohvandlik kabi zararli oqimlar ta’siridan asrash, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mana shu yurt egasi bo‘lgan har bir insonning muqqadas burchi bo‘lmog‘i kerakligini va bizlarga xech kim chetdan kelib bizning biror muammolarimizni xal qilib bera olmasligi bu borada o‘z kuchimiz va o‘z bilimimiz bilan yengishimiz kerakligi hakida tushuntirib o‘tdi. Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyatga, insonlarga yetkaziladigan zararlari hakida mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirildi hamda jinoyatchilik, xuquqbuzarliklarning oldini olish faqat organ xodimlarining ishi emasligi, bu ishda hammamiz chambarchas bog‘liq xolda ish olib borishimiz kerakligi hakida har bir inson doimo ogox va xushyor bo‘lishi lozimligi hakida tushuntirib o‘tdi. Davra suhbati so‘nggida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tushunarli va aniq javoblarni olishdi. O‘tkazilgan davra suhbati munozarali, mazmunli tarzda yakunlandi. YIG‘ILISH QAROR QILADI: Maktabda o‘quvchilar o‘rtasida «Diniy-ekstremizm, terrorizmga qarshimiz» mavzusida doimiy ravishda davra suxbatlari va tadbirlar o‘tkazib borilsin. Yoshlar yetakchisi: J.X.To’rayev Download 18.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling