Termiz tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubiy va gʻarbdan Afgʻoniston, sharqdan Tojikiston, shimolidan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shimoli-gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh


Download 0.85 Mb.
Sana12.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1190724
Bog'liq
Taqdimot (2)

Termiz tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Janubiy va gʻarbdan Afgʻoniston, sharqdan Tojikiston, shimolidan viloyatning Angor va Jarqoʻrgʻon, shimoli-gʻarbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km². Aholisi 78,6 ming kishi (2004). Tumanda 5 qishloq fuqarolar yigʻini (Pattakesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor. Markazi — Uchqizil qishlogʻi.[1]

Tarixiy obidalar va yodgorliklar

  • Kuchuktepa — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: V—VI—XII—XIII asrlar. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida joylashgan. Obyekt manzili: Xalqobod MFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan
  • Fayoztepa Buddaviylik majmosi
  • 1968- yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topildi va o‘sha vaqtdan buyon bu yer ko‘plab arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylanib, buning natijasida keyinchalik qadimgi buddaviylik ibodatxonalari majmualari kashf etildi, shu jumladan Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri tushirilgan mashhur Ayritom frizining kashf etilishi ushbu mintaqa bir vaqtlar buddaviylik targ‘ib qilinganligining dalili bo‘lib xizmat qildi va ellinistik madaniyat unsurlari aniqlandi. Hozirda frizning terrakota-barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda.

Sulton Saodat majmuasi 5 asr davomida (XII-XVII asrlar) Termiz sayidlari dafn etilgan joyda qurilgan. Ushbu majmuani diniy binolardan tashkil topgan.Majmuaning negizida 2 ta maqbara joylashgan bo‘lib, ular jome masjid vazifasini bajaruvchi ayvonlar bilan birlashtirilgan. Maqbaralar gumbazlar bilan yopilgan arkali kompozitsiyalar bo‘lib, ularning ichkarisida pishgan g‘ishtlardan qurilgan sag‘onalar joylashgan. Ularda dekorativ naqshlarning qoldiqlari qisman saqlanib qolgan.O‘n beshinchi asrning ikkinchi yarmida yana ikkita bino bir-biriga parallel ravishda qurildi va qatordagi ba’zi binolar ayvonlar yordamida birlashtirildi. XVI-XVII asrlarda turli davrlarga oid maqbaralardan iborat ichki hovli qurilgan. Bu chindan ham ajoyib ansambl bo‘lib, turli xil uslublar va turli xil davrlarga tegishli bo‘lgan maqbaralar bilan ajralib turadi, ammo shunga qaramay ular tuzilish va dekoratsiya qoidasi asosida bir biri bilan bog‘lanadi.

  • Sulton Saodat majmuasi 5 asr davomida (XII-XVII asrlar) Termiz sayidlari dafn etilgan joyda qurilgan. Ushbu majmuani diniy binolardan tashkil topgan.Majmuaning negizida 2 ta maqbara joylashgan bo‘lib, ular jome masjid vazifasini bajaruvchi ayvonlar bilan birlashtirilgan. Maqbaralar gumbazlar bilan yopilgan arkali kompozitsiyalar bo‘lib, ularning ichkarisida pishgan g‘ishtlardan qurilgan sag‘onalar joylashgan. Ularda dekorativ naqshlarning qoldiqlari qisman saqlanib qolgan.O‘n beshinchi asrning ikkinchi yarmida yana ikkita bino bir-biriga parallel ravishda qurildi va qatordagi ba’zi binolar ayvonlar yordamida birlashtirildi. XVI-XVII asrlarda turli davrlarga oid maqbaralardan iborat ichki hovli qurilgan. Bu chindan ham ajoyib ansambl bo‘lib, turli xil uslublar va turli xil davrlarga tegishli bo‘lgan maqbaralar bilan ajralib turadi, ammo shunga qaramay ular tuzilish va dekoratsiya qoidasi asosida bir biri bilan bog‘lanadi.

Qirq-Qiziriq qal’a

Qirq-Qiziriq qal’a

Eski Termizdan 3 kilometr g‘arbda qadimiy qalʼa joylashgan. Arxeologlar qalʼa qurilishining taxminiy sanasini belgilab berishgan: 9-10 asrlar, ammo XIV asrga qadar qasr bir necha bor qayta qurilgan. XX asr boshlarida boshlangan qazishmalar va tadqiqotlar davomida bu yerda ko‘plab osori-atiqalar topildi: uy anjomlari parchalari, tangalar, gipsli haykallar va boshqalar.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling