Termiz tumani 2022 yil Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


Download 1.46 Mb.
bet3/24
Sana14.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1198390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
KURS ISHI ILOVA

SOʼZ BOSHI

Talabalar tomonidan kurs loyihasini bajarishdan maqsad paxta va boshqa qishloq xoʼjaligi ekinlari ekiladigan mintaqalarda qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashtirish, dala ishlarini mexanizatsiyalashtirishning texnologiyasi, fermer xoʼjaliklarining qishloq xoʼjaligi texnikalariga va yoqilgʼi–moylash materiallariga boʼlgan talabini aniqlash, yetishmaydigan mashina-traktor agregatlarining miqdori, ulardan foydalanish muddatlari hamda yonilgʼi-moylash materiallariga boʼlgan talabni oyma-oy taqsimotini tuzib chiqish, qishloq xoʼjaligiga xizmat koʼrsatuvchi korxonalarning texnikalaridan shartnoma va ijara asosida foydalanishni tashkil etish, texnik servisni rejalashtirish uslublarini va injenerlik masalalarini mustaqil yechish, texnikalardan foydalanish koʼrsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish koʼnikmalarini egallashdan iborat.


Kurs loyihasini bajarish uchun talaba dehqonchilik asoslarini, zamonaviy traktorlar va qishloq xoʼjaligi mashinalarini tuzilishini, texnik iqtisodiy koʼrsatgichlarini, agregatlarni tanlashni, tuzishni, ishlatishni va adabiyotlardan hamda zamonaviy texnik vositalardan erkin foydalana olishni bilishlari shart.
Kurs loyihasida texnikalardan foydalanishning umumiy masalalari, ishlab chiqarishning alohida sohasi yoki mashinalardan texnik foydalanishning elementlari yoritilishi mumkin.
Agar talaba joylardagi mavjud fermerlar uyushmasi yoki fermer xoʼjaligi sharoiti misolida texnikalardan foydalanishni tashkil etish vazifasi boʼyicha kurs loyihasini bajarsa, u holda loyiha natijalariga koʼra fermerlar uyushmasi yoki fermer xoʼjaligida texnikalardan foydalanishni yaxshilash boʼyicha tavsiyalar berishi mumkin.

  1. Loyihaning mazmuni



Kurs loyihasiga topshiriq har bir talaba uchun alohida beriladi.
Kurs loyihasi fermerlar uyushmasi yoki fermer xo‘jaliklarining tuproq-iqlim sharoiti, iqtisodiy va tashkiliy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda tuzilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va hosilni o‘rib yig‘ib olish texnologik jarayonlari asosida ishlab chiqiladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy texnologik xaritalardan foydalaniladi 2.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling