Termodinamika asoslari mavzusiga nazorat savollari
Download 31 Kb.
|
7-8 maruza- Termodinamika asoslari mavzusi uchun nazorat savollari va adabiyotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
Termodinamika asoslari mavzusiga nazorat savollari. Ichki energiyani o‘zgartirishning qanday usullarini bilasiz? Gaz hajmining o‘zgarishida bajarilgan ish nimaga teng? Gaz kengayganda uning ichki energiyasi qanday o‘zgaradi? Gaz siqilganda uning ichki energiyasi qanday o‘zgaradi? Gaz siqilganda uning ichki energiyasining o‘zgarishi tashqi kuchlar bajargan ishga tengmi? Issiqlik almashinuvi deb qanday jarayonga aytiladi? Issiqlik va ish qachon mavjud bo‘ladi? SI da issiqlik miqdorining birligi nima? Issiqlik miqdorining sistemadan tashqari qanday birligini bilasiz va u qanday aniqlangan? Termodinamikaning birinchi qonuni. Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo‘lsa, Q qanday ishora bilan olinadi? Olinayotgan bo‘lsa-chi? Agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo‘lsa, A qanday ishora bilan olinadi? Tashqi kuchlar jism ustida ish bajarganda-chi? Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Izoxorik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni. Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni. Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni. Adiabatik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi? Adiabatik jarayonlar real jarayonlarmi? Unga misol keltiring. Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni. Adiabatik jarayonda ish nimaning hisobida bajariladi? Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti nimalarga bog‘liq? Okean suvlarining temperaturasini bir gradusga pasaytirishga erishilsa, qancha issiqlik miqdori ajratib olish mumkin? Bu energiya qancha ko‘mir yonishida ajraladigan energiyaga teng? Karno siklida ish nima hisobiga bajariladi? Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti (FIK). Karno sikli FIK ning temperaturalar orqali ifodasi. FIK ishchi moddaning turiga bog‘liqmi? FIK isitkich va sovitkichlarning temperaturalariga bog‘liqmi? Adabiyotlar ro’yxati М.Исмоилов, П.Хабибуллаев, М.Халиулин. Физика курси, Ўқув қўлланма Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000. B. Xayriddinov Molekulyar fizika O‘quv qo‘llanma Toshkent 2013 K.Tursunmetov, A.Xudoyberganov va boshqalar«Fizikadan masalalar tо‘plami». AL va KHK lari uchun. O‘quv qo‘llanma T. «О‘qituvchi»-2005. M.A.Karaboeva Molekulyar fizika O‘quv qo‘llanma Toshkent, “Universitet”, 2014 M.O’lmasova, J.Kamolov, T.Lutfullaeva. “Fizika. Mexanika, molekulyar fizika va issiqlik”.. T., “O’qituvchi”, 1997 Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling