Termodinamika asoslari


Download 1.19 Mb.
bet2/2
Sana11.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1450628
1   2
Bog'liq
Termodinamika asoslari

Gazlar aralashmasi
  •  
  • Ish jismi ko‘pincha bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarida tarkibiga vodorod, kislorod, uglerod (II) – oksid, azot, karbonat angidrid va suv bug‘lari kiradigan yonish maxsulotlari ish jismi hisoblanadi.
  • Gazlar aralashmasining barcha tarkibiy qismlari bir xil temperatura va bir xil hajmga ega, deb faraz qilaylik. Agar gazlar aralashmasi tarkibiga kiruvchi har qaysi komponent, barcha aralashma kabi, ideal gazning holat tenglamasiga bo‘ysunadi deb hisoblasak, aralashmadagi ayrim-ayrim komponentlarning bosimlari Dalton qonuniga bo‘ysunadi: bu qonunga ko‘ra gazlar aralashmasining bosimi ayrim komponentlar partsial bosimlarining yig‘indisiga teng.
  • Real gazlar

    •  
    • Oldin Klapeyron tenglamasiga bo‘ysunadigan ideal gazlar ko‘rib chiqilgan edi. Real moddalarning gazsimon va suyuq fazalardagi holat diagrammalari ideal gazning holat diagrammalaridan keskin farq qiladi.
    • Bunga sabab shuki, real va ideal gazlarning fizikaviy tabiatlari turlicha bo‘ladi. Ideal gazlarda molekulalar o‘zaro ta’sirlashmaydi va o‘z hajmiga ega bo‘lmaydi deb hisoblansa, real moddalarda esa, molekulalar o‘z hajmiga ega bo‘lib o‘zaro ta’sirlashadi va buning natijasida real gazning xolat tenglamasi Klapeyron tenglamasidan farq qiladi.
    • Bu sohada ma’lum bo‘lgan birinchi harakatlardan biri Gollandiya fizigi Ya. Van-der-Vaals tomonidan 1873 yilda real gazning holat tenglamasini ishlab chiqish bo‘lgan. Asosan muloxaza yuritib hosil qilingan xulosalar asosida chiqarilgan Van-der-Vaals tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:

    Download 1.19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling