Termodinamika asoslari


Download 52.8 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi52.8 Kb.
#1604912
  1   2   3   4
Bog'liq
TERMODINAMIK JARAYONLARNI TAVSIFLARI BILAN TANISHISH


TERMODINAMIK JARAYONLARNI TAVSIFLARI BILAN TANISHISH
Reja:


1. Kirish
Termodinamikaning birinchi qonuni
3. Termodinamika birinchi qonunining matematik ifodasi
4. Moddalarning issiqlik sig’imi
1. Kirish
Harakat materiyaning mavjudlik formasi bo’lib, energyya moddalar harakatining o’lchovidir, boshkacha aytganda, energiya moddalar harakatining miqdor va sifat jihatidan harakteristikasidir.
Termodinamika issiqlik energiyasi bilan boshqa xil energiyalar orasida bo’ladigan munosabatlar hakidagi ta‘limotdir. U moddalarning xossalarini energetik jihatdan harakterlaydi. Termodinamikaning asosan uchta qonuni bor: birinchi qonun energiyaning saqlanish va bir turdan.ikkinchi turga aylanshi qonunining xususiy ko’rinshii bo’lib, energiya xillari orasida sifat va miqdo riy munosabatlar borligini ko’rsatadi.
IkkiYachi qonun protsesslarning yo’nalishi haqidagi qonundir. Bu qonun yordami bilan ma‘lum sharoitda biror protsess vujudga kelish-kelmasligini va vujudga kelgan vaqtda u qaysi tomonga qarab borishini oldindan aytish mumkin.
Uchinchi tsonun entropiyaning absolyut qiymati haqidagi qonundir. Bu qonun ximiyaviy muvozanat sharoitini tajriba qilmay turib hisoblab chiqishga hmijoh beradi.
Ximiyaviy protsesslarni termodinamika nuqtai nazaridan tek-shirish?'masalasi ximiyaviy termodinamikaning mazmunini tashkil etadi. Termodinamikani bayon qilishga-kirishar ekanlgaz, bu sohada qo’llaniladigan bir necha tushuncha va terminlar bilan tanishish lozim.
Tashqi muhitdan ajralgan deb faraz qilinadigan jism yoki jismlar gruppasi termodinamikada sistema deb ataladi, sistemani tashkil qiluvchi moddalar bir-biriga ta‘sir etib turadi. Agar sistemaning xossalari o’zaro farq qiladigan tarkibiy qismlari chegara sirtlar bilan ajralmasa, bunday sistema gomogen sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy qismlari bir-biridan chegara sirtlar bilan ajralsa, bunday sistema geterogen sistema deb ata-ladi. Agar sistema bilan tashqi muhit orasida na modda va na ener-giya almashinuvi bo’lsa, bunday sistema izolyatsiyalangan sistema deyiladi.
Termodinamika juda katta daliliy materialga asoslangan ta‘limotdir. Termodinamikaga asos solgan olimlar M. V. Lo-monosov, D. I. Mendeleev, D. P. Konovalov, R. Meyer, R. Klauzis, G. I. Gess, R. Joul, Gelmgolts, S. Karno, V. Gibbs, Ya- Vant-Goff, V. Nernst va boshqalardir.
Termodinamika XIX asrningbirinchi yarmida issiqlik protsesslarini va bug’ mashinalarida bo’ladigan hodisalarni tekshirish natijasida taraqqiy etdi. Termodinamika hozirgi vaqtda texni-kaning juda ko’p tarmoqlarida katta ahamiyatga ega.



Download 52.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling