Teshiktosh odami
Download 124.71 Kb.
|
Teshiktosh odami
Mavzu: Teshiktosh odami. Reja: Surxondaryo viloyatidagi Machay va Teshiktosh g‘orlari haqida. Teshiktosh odami - Teshiktosh tridan topilgan neandertallar vakilining suyak qoldigʻi. Teshiktosh g‘or-makoni, Amir Temur g‘ori. Xulosa 9 yoshli neandertal bolaning tanasi va bosh suyaklari qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘orining aniqlanishi jahon ilm-fanida olamshumul muhim kashfiyot sanaladi. Yurtimizda Surxondaryo viloyatidagi Machay va Teshiktosh g‘orlari haqida eshitmagan inson bo‘lmasa kerak. O‘tmishdagi ajdodlarimizning turmush tarzi saqlanib qolgan bu g‘orlar go‘zal tabiat manzaralariga boy hududda joylashgani bilan ham xorijlik va mahalliy sayyohlar hayratini yanada oshirib, ibtidoiy davrdagi odamlar hayoti bilan yaqindan tanishishga ko‘maklashadi. Boysun tumanidagi Machay g‘ori miloddan avvalgi 12-6 ming yilliklarga oid ibtidoiy odamlar manzilrohi. G‘orning balandligi 3,5-4, uzunligi 8, kengligi 10 metrga yetadi. Uning ustki qatlami mezolit, tepa qatlami so‘nggi mezolit va ilk neolit davriga oid. Olimlar bu yerdan mezolit davriga oid erkak va ayol kishining tana suyaklarini topgan. Shuningdek, g‘orda tosh davri odamlarining turmush tarzini aks ettiruvchi ashyoviy dalillar mavjudligi ham fan olami uchun katta yangilik bo‘ldi. Topilmalar orasida 870 ta tosh, 15 yovvoyi va xonaki hayvon suyaklaridan ishlangan ko‘plab ov qurollari, tosh pichoqlar, boltalar, dastalar, arrasimon qurollar, bigizlar, yoylar, nayzalar, o‘q-yoy uchlari borligi Machay g‘orining ilm-fan olamidagi xalqaro nufuzi juda baland ekanidan dalolat beradi. Tadqiqotlar natijasida g‘orda yashagan odamlar qo‘lbola ov qurollari yordamida turli hayvonlarni ovlab, terisini shilgani va o‘zlari uchun kiyimlar tikkani aniqlangan. Vohaning mo‘tadil iqlimi, go‘zal tabiati, janubiy Hisor tog‘ tizmalarida mavjud g‘or, mo‘nglik va daralar ibtidoiy davr odamlari uchun qulay manzilgoh vazifasini o‘tagan. Ana shunday go‘shalardan biri Teshiktosh g‘ori – muste madaniyatiga mansub neandertal odam makonidir. Boysuntog‘dagi Zovtoloshsoy darasida dengiz satxidan 1500-1600 metr balandlikda joylashgan g‘orning shipi teshik. Balandligi 7, eni 20, chuqurligi 21 metr keladi. Sahni kiraverishiga nisbatan yuqoriga ko‘tarilib boradi. Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27 maydagi «Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarari xushmanzara tog‘ qo‘ynida joylashgan Machay va Teshiktosh g‘orlariga yaqin qishloqlarda turistlarning tunab qolishi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan ham tegishli vazifalarni belgilab berdi. – Mazkur hujjatga muvofiq hududda oilaviy mehmon uylari barpo etish, so‘qmoqlarda sayyohlarning dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlarni g‘orga olib chiqishda ot va eshaklardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda,–deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Xolniyozov.– O‘tgan asrning 1938-39 yillarida ilk marta rus olimlari o‘rgangan Teshiktosh va 70 yillarida mahalliy olimlarimiz kashf etgan Machay g‘orlari insoniyatning eng qadimiy manzilgohlaridan biri sifatida dunyoga mashhur. Endilikda go‘zal tog‘ qo‘yniga sayohatga kelib, g‘orlarni tomosha qiluvchilar miriqib hordiq chiqarishi uchun ham barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu hududga turistlar oqimini yanada ko‘paytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ladi. Ayni paytda g‘orlarga yaqin qishloqlarda oilaviy mehmon uylari qurilib, sayyohlar uchun turli xizmatlar ko‘rsatish tashkil etilmoqda. Jumladan, «O‘rta Machay» mahallasida yashaydigan Bunyod Boyto‘rayev hududda birinchi bo‘lib, "BOYSUN TESHIK TOSH" GUEST HOUSE oilaviy mehmon uyini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. –Uyimizdan g‘orgacha 7-8 kilometr yo‘l bosish kerak,– deydi tadbirkor B.Boyto‘rayev.–Mehmon uyimizda turistlarning tunab qolishi uchun barcha qulayliklar muhayyo etilgan. Teshiktosh va Machay g‘orlariga yaqin hududdagi so‘qmoqlarda sayohatchilarning dam olishi uchun o‘tovlar o‘rnatib, milliy uslubda jihozladik. Soylar va xushmanzara bog‘larga sayohatlar tashkil etish rejalarini ishlab chiqdik. Turistlar g‘orga borib, qaytishda ot va eshaklardan ham foydalanishi mumkin. Ularning xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus kuzatuvchilarimiz xizmat ko‘rsatadi. /
Tog‘li Boysun tumanidagi mashhur Machay va Teshiktosh g‘orlariga yaqin qishloqlarda oilaviy mehmon uylari barpo etish, bu yerga keladigan turistlar uchun turli xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilab olingan ishlar davom etmoqda. Download 124.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling