Teskor (ekspres) tesr sinovlarini o‘tkazishga oid ko‘rsatmalar
Test sinovini o‘tkazishdan maqsad : Tezkor test sinovi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan minimal bilim va ko‘nikmalarni aniqlash hamda o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishini yoppasiga baholash va nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.. Test sinovi savollari davlat ta’lim standartiga muvofiq o‘quvchilar o‘zlashtirishi shart bo‘lgan minimal bilim va ko‘nikmalar asosida tuziladi.
Test sinovini o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar : Test sinovi mavzuning asosiy mazmuniga oid 5 ta testdan iborat bo‘lib, u mavzu bo‘yicha o‘tilgan oxirgi dars yakunida 10 minut davomida o‘tkaziladi Test sinovi savollari doskaga yoziladi yoki tarqatma material sifatida oldindan ko‘paytirilib o‘quvchilarga tarqatiladi. Song javob varaqalari tarqatiladi. Sinovni o‘tkazishda har bir o‘quvchining o‘zi javob berishiga erishish juda munim hisoblanadi. Shuning uchun sinovni o‘tkazayotganda o‘quvchilar hatti-harakati qattiq nazoratga olniishi shart.
Test sinovini o‘tkazishdan oldin o‘quvchilarga uni yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berish shart. Har bir test savoliga javob variantlari orasidan faqat bitta javob to‘g‘ri berilganini aytish hamda o‘quvchilarga test savollariga javob berishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari va shundan keyingina javob variantlaridan faqat bittasini bo‘yab ko‘rsatishlari zarurligini o‘qtirish lozim bo‘ladi. Ikkita javob bo‘yalgan javoblar inobatga olinmasligi ham alohida ta’kidlanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |