Test 11-sinf


Download 15.07 Kb.
bet1/2
Sana05.11.2023
Hajmi15.07 Kb.
#1748814
  1   2
Bog'liq
Test 11-sinf-fayllar.org


Test 11-sinf

Test 11-sinf


1.Jism 80 m balandlikdan 15 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jism ma`lum vaqtdan keyin yerga tushdi. Jismning

ko`chishdagi o`rtacha tezligini toping (m/s)? Havoning qarshilik kuchini hisobga olmang. g =10m/s2


A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
2. Tog`ri tasdiqni ko`rsating?
1) Yer markaziga yaqinlashgan sari erkin tushish tezlanishi ortadi.
2) Yer markaziga yaqinlashgan sari erkin tushish tezlanishi kamayadi.
3) Idishdagi teshikdan suv oqib tushmoqda, agar atmosfera bosimi ortsa oqib tushish vaqti o`zgarmaydi.
4) Zargar o`z tillasini pallali tarozida yerning qutbida sotsa ko`proq foyda ko`radi.
A) 1;3 B) 1;4 C) 2;3 D) 3;4
3. Elastik prujinaga osilgan yukning tebranish amplitudasi 5 sm bo`lib u 2 s davr bilan tebranmoqda, yukning bir to`la
tebranish davri davomidagi o`rtacha tezligini toping (sm/s)?
A) 1,25 B) 5 C) 2,5 D) 10
4. m massali jism prujinaga osilganda uning uzunligi 3sm ga teng bo`ldi, agar bu yukka yana 300 gr massali qo`shimcha
yuk osilsa prujinaning uzunligi 4 sm bo`lsa, prujinaning bikrligini toping(N/m)?
A) 600 B) 300 C) 400 D) 100
5. Prujina teng ikki bo`lakka bo`linib har bir bo`lak parallel ulansa hosil bo`lgan prujinalarning bikrligi dastlabki prujina
bikrligidan necha marta katta bo`ladi?
A) 4 B) 2 C) 8 D) 3
6. Blok tros yordamida shiftga mahkamlangan. Blokdan o’tkazilgan ipning uchlariga 2 va 3 kg li yuklar ilingan.
Trosdagi taranglik kuchini (N) toping? g =10 m/s2
A) 24 B) 36 C) 48 D) 20
7. Gorizontga nisbatan 450 burchak ostida 10 m/s tezlik bilan otilgan jism 8 m naridagi vertikal devorga mutloq elastik
urilib qaytdi va yerga tushdi. Jism otilish nuqtasidan qanday masofada tushadi (m)?
A) 6 B) 4 C) 8 D) 2
8. Matematik mayatnik potensial energiyasining vaqtga bog`lanish grafigidan foydalanib, 1s vaqt momentida mayatnikning kinetik energiyasini toping(J)? A) 8 B) 16 C) 4 D) 0
9. Yer sirtidan 0,5R balandlikdagi va chuqurlikdagi erkin tushish tezlanishlari nisbatini toping? R-yer radiusi.
A) 8/9 B) 1 C) 4/9 D) 1/2
10. 3 kg massali jism yer sirtidan gorizontga 600 burchak ostida 8 m/s tezlik bilan otildi. Jism trayektoriyasining eng
yuqori nuqtasidagi kinetik energiyasi nimaga teng (J) ? A) 24 B) 48 C) 96 D) 50
11. Qiya tekislikning balandligi H=1 m, Uzunligi L=3 m. Massasi 30 kg bo`lgan brusokni qanday kuch (N) yordamida
ushlab turish mumkin. Ishqalanishni hisobga olmang. A) 10 B) 20 C) 30 D) 50
12. Massasi 1,5 kg bo`lgan sharcha va M massasli brusok rasmdagidek ipning uchlariga biriktirilgan. Sharcha gorizontal
tekislikda 2 m/s tezlik bilan aylanganda, brusok tinch turishi uchun uning massasi eng kamida qanday (kg) bo`lishi kerak? Brusok va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,5 , R=30 sm A) 7 B) 5 C) 6 D) 3
13. O`g`irligi 2P bo`lgan richakga 0,6P va P og`irlikdagi jismlar rasmdagidek osilgan bo`lsa ipning taranglik kuchini
toping? Richakning xar bir qismining uzunligi 5d ga teng. A) 2P B) 4P C) 6P D) 8P
14. Tashqi kuchlar gaz ustida 700 J ish bajarganda gaz tashqi muhitga 400 J issiqlik berdi. Bunda gaz ichki energiyasi
qanday o‘zgaradi (J)? A) 1,1 kJ ga ortadi B) 1,1 kJ ga kamayadi C) 300 J ga ortadi D) 300 J ga kamayadi
15. So’ruvchi nasos silindrining hajmi balon hajmidan necha marta kichik bo’lganida, ikkinchi sikldan so’ng
ballondagi bosim 1,44 marta kamayadi? A) 7,2 B) 12 C) 5 D) 1,2
16. Avgust psixrometri (havoning nisbiy namligini o`lchash uchun ishlatiladigan asbob) berilgan. Undagi quruq termometr t=22°C ni, nam termometr esa t=17°C ni ko`rsatmoqda. Havoning nisbiy namligini (%) quyida keltirilgan Psixrometrik jadval yordamida aniqlang. A) 66 B) 92 C) 61 D) 51
17. Bir idishda 2 mol geliy va 4 mol azot gazlari bor. Aralashmaning izaxorik jarayon uchun molyar issiqlik sig`imi
(J/K·mol) qanchaga teng? A) 25 B) 30 C) 20 D) 18
18. Rasmda ideal gazning 1→2→3 o`tishi tasvirlangan. Bunda gaz qanday ish bajaradi(kJ)? A) 1 B) 0 C) 4 D) 2
19. Ichi bo`sh yupqa devorli metal shar ichiga +q nuqtaviy zaryad kiritildi, shar tashqarisidagi umumiy zaryaq kattaligini aniqlang?

A) 0

B) -q

C) +q

D) aniqlab

bo`lmaydi


20. Neon

atomining yadro zaryadini aniqlang (C). Elektron zaryadi e=-1,6∙10


-19

C

A) -1,6∙10


-

15

C

B) 1,6∙10

-

18

C

C) -3,2∙10

-

18

C

D) -1,6∙10

-

18

C

21. Tinch turgan praton va elektron orasida qanday kuchlar mavjud.
1) Kulon kuchlari. 2) Gravitatsion kuchlar. 3) Yadro kuchlari. 4) Arximed kuchi. A) 1;2 B) 1;2;3 C) 2;3 D) 1
22. To’rtta nuqtaviy zaryadlar rasmdagidek bir tekislikda joylashtirilgan bo`lsa, O nuqtadagi elektr maydon
kuchlanganligining yo`nalishini aniqlang? A) ↑ B) ↓ C) → D) ←
23. Rasmda o`tkazgichlarning o`lchamlari berilgan va ular bir xil moddadan tayyorlangan bo`lsa R2/R1 nisbatni toping?
A) 4 B) 16 C) 10 D) 9
24. EYuK E= 30 V bo`lgan tok manbaiga bir-xil qarshilikli o`tkazgichlar rasmdagidek ulangan, ideal voltmeter A va B
nuqtalarga ulansa qanday kuchlanishni ko`rsatadi (V)? A) 15 B) 10 C) 20 D) 30
25. Zaryadlangan kondensator manbadan uzib induktivlik g`altagiga ulandi, qancha vaqt o`tgach kondensator energiyasi
g`altak energiyasiga tenglashadi? A) B) C) D)
26. Rasmda to`g`ri parallel toklar tasvirlangan, agar I1>I2 bo`lsa. Toklar o`rtasida joylashgan A nuqtadagi magnit maydon induksiyasining yo`nalishini aniqlang? A) ↑ B) ↓ C) → D) ←
27. Uzunligi 10 sm bo`lgan AB tayoqcha yiguvchi linzaning optik o`qiga parallel bo`lib, undan h=15 sm masofada
joylashgan. Uning A uchi linzadan 40 sm masofada joylashgan bo`lsa, tayoqchaning tasviri uzunligi qanday bo`ladi (sm)? Linzaning fokus masofasi F=20 sm. A) 25 B) 15 C) 20 D) 10
28. Yorug`lik kuchi 25 va 16 Kd ikkita lampa bir-biridan 18 sm masofada turibti. Ular orasida joylashgan fotometrik
ekranning yoritilganligi bir-xil bo`lishi uchun, ekran birinchi lampadan qanday masofada qo`yilishi kerak (sm)?
A) 8 B) 10 C) 9 D) 12
29. Energiyasi 3eV bo`lgan fotonning impulsini aniqlang (kg∙m/s)? A) 1,6∙10-27 B) 3,2∙10-27 C) 1∙10-27 D) 0

30.

yadro parchalanishining noma`lum mahsulini toping?

A) elektron


B) neytron


C) pozitron


D) proton


31. Fokus masofasi 2,5 sm bo‘lgan lupaning kattalashtirishi nimaga teng? Eng yaxshi ko`rish masofasi 25 sm.


Javob__________________________________________________________
32. Molekulalarning to`tovsiz va tartibsiz harakatiga …deb ataladi
Javob_____________________________________________________
33. Avtomobil yo`lning birinchi yarmida 17,5 m/s, ikkinchi yarmida v tezlik bilan harakatlandi. Agar butun yo`l davomida avtomobilning o`rtacha tezligi 14,6 m/s bo`lsa, ning qiymatini toping.
Javob_____________________________________________________
34. Shar qiya joylashgan quvurdan 10 m/s boshlang‘ich tezlik bilan harakat boshlaydi. Agar uning butun yo`l davomida o`rtacha tezligi 50 m/s bo`lsa, oxirgi tezligini toping.
Javob_____________________________________________________
35. Motorli qayiq 5 min. davomida o`zgarmas 1 m/s tezlik bilan harakatlanadi. So`ngra 5 min. davomida a tezlanish bilan harakatlanadi. Agar qayiqning butun yo`l davomida o`rtacha tezligi 1,75 m/s bo`lsa, a tezlanishning qiymatini toping.
Javob_____________________________________________________
36. Vagonning relsga nisbatan tezligi 72 km/soat bo‘lsa, uning diametri 40 sm bo‘lgan g‘ildiragining burchak tezligi necha rad/s ga teng?
Javob_____________________________________________________
37. Massasi 200 g bo`lgan jismni tik yuqoriga otilganda 1,44 s dan so`ng yerga qaytib tushdi. Jismning yerga urilish momentidagi to`la energiyasi nimaga teng?
Javob________________________________________________________
38.Radiusi 0,25 m bolgan g‘ildirak 12 m/s tezlik bilan g‘ildiramoqda. G‘ildirakning burchak tezligi qanday (rad/s ).
Javob________________________________________________________
39. Yorug`lik nuri havodan turmalinning yassi sirtiga tushganda, qaytgan va singan nurlar orasidagi burchak tushish burchagidan 1,5 marta katta bo`ldi. Agar tushish burchagi 600 bo`lsa, sinish burchagi qanday bo`ladi?
Javob_____________________________________________________

40. Suyuqlik zichligini o‘lchaydigan asbob?Javob____________________________________








Download 15.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling