Test 6-7-sinf umumiy


Download 17.19 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi17.19 Kb.
#1336876
Bog'liq
twst


Test 6-7-sinf umumiy

1.Avtotrof organizmlarni aniqlang. A) suvyig‘ar, tripanosoma B) riniya, keta C) kabarga, xlorella D) nitrifikator bakteriya, yapon larriinariyasi
2. Nuqtalar o‘rniga mos javoblarni tanlang. Oqsillar nuklein kislotalardan farq qilib, .... 1) plazmatik membrana tarkibiga kiradi; 2) ribosoma tarkibiga kiradi; 3) gumoral boshqarishda ishtirok etadi; 4) transport vazifani bajaradi; 5) kimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi; 6) monomerlardan iborat.
A) 3, 4, 5 В) 1, 3, 5 С) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
3. 0 ‘rdakning spermatozoid hujayrasida n — 40 bo‘lsa, urg‘ochi o‘rdakning epidermis hujayrasidagi xromosomalar holatini aniqlang. A) 78 juft autosoma va faqat jinsiy X xromosoma B) 40 juft autosoma va jinsiy X X xromosoma C) 40 juft autosoma va faqat jinsiy X yoki Y xromosoma D) 78 ta autosoma va jinsiy X Y xromosoma
4.Exinokokk, oq planariya, chuchuk suv shillig‘i uchun xos bo‘lgan xususiyatlar mos ravishda to‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang. A) tanasi bo‘g‘imlardan iborat; tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub; o‘pkasi bilan nafas oladi B) ichaklarning uchi berk; tanasi epiteliy bilan qoplangan; jabralari orqali nafas oladi C) germafrodit hayvon; kipriklilar sinfiga mansub; yuragi ikki kamerali D) sezgi organlari yo‘q; metamorfoz bilan rivojlanadi; qon aylanish sistemasi yopiq
5. Avtotrof organizmlar haqidagi to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. A) fototroflarga raffleziya arnoldi, shumg‘iya o‘simliklari kirib, ular yorug‘lik energiyasidan foydalanib organik moddalar sintezlay oladi B) fototrof eukariotlarda faqat assimilyatsiya jarayoni kuzatiladi, glikoliz va aerob oksidlanish kuzatilmaydi C) zarpechak, devpechak, yashil temirchak quyosh energiyasidan foydalanib fotosintez jarayonini amalga oshiradi D) avtotroflar fototrof va xemotroflarga bo‘linadi, xemotroflarga esa oltingugurt va temir bakteriyalari kiradi
6. Quyida berilgan organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang, a) ossillatoriya; b) achitqi; c) oq po‘panak; 1) sitoplazmasi rangsiz sentroplazma va uni o‘rab olgan rangli xromotoplazmaga ega; 2) mitselliysi bir hujayrali; 3) kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi; 4) gormogoniyalari orqali ko‘payadi. A) a - 4; b - 2; с - 1 B) a - 2; b - 1; с - 3 G) a - 1; b - 3; с - 2 D) a - 4; b - 1; с – 3
7. . Geterotrof (a), xemotrof (b), parazit (c) oziqlanuvchi prokariotlarni aniqlang. A) a - jo‘ka; b - temir bakteriyalari; с - qoqshol qo‘zg‘atuvchisi B) a - chirituvchi bakteriya; b - oltingugurt bakteriyalari; с - sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi C) a - tugunak bakteriya; b - ossillatoriya; с – leyshmaniya D) a - temir bakteriyalari; b - oq po‘panak; с - ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi
8. Turkum sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang.
A) bo‘g‘imoyoqlilar, bo‘risimonlar B) xordalilar, ayiqsimonlar
C) ayiqsimonlar, halqali chuvalchanglar D) na’matak, laylaksimonlar
9. Oila sistematik birligiga mos keluvchi javobni aniqlang. A) sudralib yuruvchilar, tuyaqushsimonlar B) ra’nodoshlar, sutemizuvchilar C) qushlar, g‘ozsimonlar D) ayiqsimonlar, ra’nodoshlar
10. Quyidagilarning qaysilari meva hisoblanmaydi? 1) kartoshkaning tugunagi; 2) jag‘-jag‘ning qo‘zoqchasi; 3) loviyaning dukkagi; 4) batatning tugunagi; 5) lavlagining ildizmevasi; 6) bosh piyozning ko‘sakchasi. A) 2, 3, 4 C) 2, 5, 6 B) 3, 4, 6 D) 1, 4, 5
11. Askaridaning ontogenez rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) lichinkaning qonga o‘tishi; 2) lichinka o‘pkaga o‘tishi; 3) tuxumning odamga yuqishi; 4) lichinkaning jigarga o‘tishi; 5) parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 6) tuxumdan lichinkaning chiqishi; 7) lichinkaning yurakka borishi. A) 6, 5, 2, 1, 4, 7, 3 B) 3, 6, 1, 4, 7, 2, 5 C) 5, 2, 4, 1, 7, 6, 3 D) 3, 6, 2, 4, 1, 5, 7
12. Quyida keltirilgan qonunni qaysi olim kashf etgan? «Geterozigota holatdagi ikkita F 1 bo‘g‘inni o‘zaro chatishtirish natijasida ikkinchi bo‘g‘inda ajralish kuzatiladi». A) G. Mendel B) N. Ele С) T. Morgan D) N. Vavilov
13. Tuban o‘simliklarni aniqlang. 1) nemalion; 2) suv qirqqulog‘i; 3) archa; 4) partenotsissus; 5) terakbargli liftok; 6) dala qirqbo‘g‘imi; 7) kladofora. A) 1, 7 B) 2, 6 C) 3, 4 D) 1, 5 4.
14.To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarni aniqlang. 1) ninachi; 2) karam kapalagi; 3) tut ipak qurti; 4) bit; 5) to‘shak qandalasi; 6) temirchak; 7) yaydoqchi. A) 3, 6 B) 4, 6 С) 1, 5 D) 2, 7 5.
15.Qirqquloqlar barglarining ostki tomonida yoki chetida joylashgan qo‘ng‘ir rangli bo‘rtma nima deb ataladi? A) sorus B) sporofill C) gametofit D) arxegoniy
16.Magnoliyatoifaga mansub ko‘p yillik, poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan (a), yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan (b) o‘simliklarni aniqlang.
1) itsigak; 2) funariya; 3) keyreuk; 4) zirk; 5) tak-tak; 6) boychechak; 7) zuhrasoch qirqqulog‘i; 8) dorivor gulxayri; 9) sershox qirqbo‘g‘im. A) a - 2, 3; b - 6, 8 B) a - 3, 9; b - 4, 7 С) a - 1, 7; b - 5, 9 D) a - 1, 3; b - 6, 8
17. Bir urug‘li, quruq mevali o‘simliklarni aniqlang. A) oq akatsiya, bug‘doy B) bug‘doy, soxta kashtan C) no‘xat, boychechak D) g‘o‘za, kungaboqar
18.Oddiy amyobaning ichburug4 amyobasidan farq qiluvchi belgilarini aniqlang. 1) erkin yashaydi; 2) parazit yashaydi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) yashash muhiti; 5) geterotrof. A) 1, 3 B) 4, 5 C) 2, 3 D) 2, 5 8.
19.Kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisiga xos bolgan xususiyatlarni aniqlang. 1) eukariot organizm; 2) prokariot organizm; 3) lizosomaga ega; 4) mitoz usulida ko‘payadi; 5) mitoxondriyaga ega; 6) geterotrof. A) 2, 5 В) 1, 4 C) 3, 5 D) 2, 6
20. Nozemaning tufelkadan farqlarini aniqlang. 1) erkin yashaydi; 2) ayirish organoidi bolmaydi; 3) shizogoniya usulida ko‘payadi; 4) geterotrof organizm; 5) hazm qilish organoidi murakkab tuzilgan; 6) chuchuk suvda yashaydi. A) 3, 5 В) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 6
21. Gidra mansub tipning barcha vakillari uchun mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.
A) ektoderma qavatida oraliq hujayralar joylashgan, tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi B) mezoderma qavati rivojlanmagan, endoderma qavatidan amyobasimon tuxum hujayralar hosil boladi C) lichinkali bosqich kuzatilmaydi, tana bo‘shligl ichak vazifasini bajaradi D) gastrulyatsiya jarayoni hujayralar migratsiyasi yoli orqali amalga oshadi, mezoderma qavatidan jinsiy hujayralar rivojlanadi
22. Gigrofit (a), kserofit (b) yuksak o‘simliklarni aniqlang. 1) sarsazan; 2) yapon laminariyasi; 3) elodeya; 4) ro‘vak; 5) baliqko‘z; 6) qirqbo‘g‘im; 7) agava; 8) yantoq; 9) qamish; 10) nitella; 11) qo‘g‘a.
A) a - 3, 10; b - 1, 9 B) a - 4, 10; b - 7, 8 C) a - 9, 11; b - 7, 5 D) a - 2, 6; b - 1, 8
23. Lososning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang. A) qorin aortasidan qon yurak bo‘lmachasiga quyiladi B) qon yurak qorinchasidan qorin aortasiga o‘tadi C) qorin aorta qon tomiridan arterial qon orqa aortaga o‘tadi D) qorin aorta qon tomiri yurak bo‘lmachasiga qon olib boradi
24. Yuragi ikki kamerali ochiq qon aylanish sistemasiga ega hayvonlarni aniqlang. A) tok shillig‘i, bitiniya B) chuchuk suv shillig‘i, laqqa baliq C) midiya, dengiz tulkisi D) zog‘ora baliq, akula
25. Metamorfoz bilan rivojlanuvchi organizmni aniqlang. A) to‘ti B) tulki C) to‘ng‘iz D) yashil qurbaqa
26. Bir turkumga mansub baliqlar keltirilgan javobni aniqlang. A) sterlyad, beluga B) bakra, mo‘ylov baliq C) bukri baliq, xumbosh baliq D) keta baliq, qora baliq
27. Burun teshigi hid sezuvchi hujayralarga ega bolgan xaltachalarga ochiladigan organizmlar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. A) keta baliq, qora baliq B) nandu, emu C) ildam kaltakesak, o‘rdak D) silovsin, churrak
28. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Mo‘ylov baliq mantadan farq qilib .... A) skeleti suyakdan iborat B) qon aylanish sistemasi yopiq C) yuragi ikki kamerali D) jabra orqali nafas olad
29. Quyida keltirilgan qon aylanish sistemasi organlari qaysi organizmlar uchun xos? a) ikki bo‘lmali yurak; b) uch bo‘lmali yurak; c) oltita teshikchali yurak; 1) bedapoya shillig'i; 2) krab; 3) sariq ilon; 4) bitiniya; 5) salamandra; 6) daryo] qisqichbaqasi; 7) alligator. A) a - 1, 7; b - 3, 4; с - 2, 5 B) a - 1, 4; b - 3, 5; с - 2, 6 C) a - 1; b - 3; с - 4, 6 D) a - 3, 4; b - 5; с - 2, 6
30. Dengiz mushugining yuragiga ... (I) keladi, maralning yuragidan ... (II) chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi to‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 2) kichik qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 3) katta qon aylanish doirasi venalari orqali venoz qon; 4) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 5) katta qon aylanish doirasi venalari orqali arterial qon; 6) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali venoz qon; 7) katta qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon; 8) kichik qon aylanish doirasi arteriyalari orqali arterial qon. A) I - 2, 5; II - 3, 8 B) I - 4, 6; II - 2, 7 C) I - 1, 5; II - 4, 7 D) I - 1, 3; II - 4, 7

Muhriddin Avezov +998933332203

Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling