Test. 6-sinf. 1bob
Download 22.58 Kb.
|
6 sinf 1bob
Test. 6-sinf. 1bob. 1. Quyidagilardan milodiy II asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisini aniqlang. A) Ktesiy B) Arrian C) Strabon D) Kvint Kursiy Ruf 2. Eng qadimgi odam xisoblangan Avstrolipitek odam qayerdam topilgan? A) Shimoliy Afrikada B) Janubiy Afrikada C) Sharqiy Afrikada D) G'arbiy Afrikada 3. Ilk paleolitning so'ngi davrida qanday jarayon odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undagan edi? A) Buyuk muzlashning boshlanishi B) misning kashf etilishi C) Buyuk muzlikning chekinishi D) ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi 4. Quyidagilardan qaysi biri so'ngi paleolitda sodir bo'lgan? A) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi B) mikrolitlar yasay boshladi C) odamlarning urug' jamoalarga ajralib chiqishi D) to'quvchilikning kashf etilishi 5. Quyidagi qaysi davrda O'rta Osiyoda o'zlashtiruvchi xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilgan? A) paleolit davrida B) mezolit davrida C) neolit davrida D) eneolit davrida 6. Qaysi davrdan boshlab odamlar kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishganlar? A) mezolit davridan B) neolit davridan C) eneolit davridan D) bronza davridan 7. Bronza davriga oid quyidagi qaysi yodgorlikdan yirik-yirik xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan? A) Sarazmdan B)Zamonbobodan C) Namozgohdan D)Sopollitepadan 8. Jarqo'ton manzilgohi rejasida ... A) shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi. B) uch qismli rejaviy tuzilish kuzatiladi. C) yirik davlatning poytaxti ekanligi alomatlari seziladi. D) ibodatxona qasrdan tashqarida qurilganligi ko'zga tashlanadi. 9. Kavkazdagi Maykop qo'rg'oni yodgorligi qanday topilmalari bilan mashhur bo'lgan? A) misdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan B) temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan C) g'ordagi devoriy suratlari bilan D) tilladan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan 10. Quyidagilardan qoyatosh rasmlar yodgorliklarining eng qadimgilari ketma-ketligi to'g'ri berilgan javobni toping. A) Altamir, Lasko, Kapovaya B) Kapovaya, Zarautsoy, Teshiktosh C) Lasko, Yava, Olduvoy D) Olduvoy, Kapovaya, Lasko 11.Odamni o'rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod fanda ... A) fetishizm deb ataladi. B) animizm nomini olgan. C) totemizm deb ataladi. D) sehrgarlik deb ataladi. 12. Quyidagi qaysi yodgorlik Buxoro viloyatida joylashgan? A) Sarazm B) Namozgoh C) Zamonbobo D) Oltintepa 13. O'rta Osiyodagi ilk ibodatxona qoldiqlari qaysi manzilgohdan topilgan? A) Sopollitepa B) Jarqo'ton C) Zamonbobo D) Oltintepa 14. Qaysi davrga kelib O'rta Osiyoning janubida sug'orma dehqonchilik vujudga keldi. A) mil. avv. I ming yillikda B) mil. avv. II ming yillikda C) mil. avv. III ming yillikda D) mil. avv. IV ming yillikda 15. O'rta paleolit davri sanasi to'g'ri ko'rsatilgan javob variantini aniqlang. A) 1 million — 100 ming yilliklar B) 100-40 ming yilliklar C) 40-12 ming yilliklar D) 17-7 ming yilliklar 16. Marhumlar ko'milgan eng qadimgi qabrlar va diniy e'tiqod kurtaklari qaysi davrda vujudga kelgan? A) o'rta paleolit B) so'nggi paleolit C) mezolit D) neolit 17.”Makadoiyalik Aleksandr tarixi” asarini muallifini aniqlang? A) Arriian B) Kvint Kursiy Ruf C) Strabon D) Polien 18. Turarjoylar qurilishi dastlab qaysi davr odamlarining muhim ixtirosi bo'lgan? A) ilk paleolit B) o'rta paleolit C) so'nggi paleolit D) mezolit 19.Surxandaryoning Muzromod tumanidan bronza davriga oid manzilgohni aniqlang? A) Sopollitepa B) Zamonbobo C) Jarqoton D) Machay 20. Dastlabki diniy e'tiqod bilan bog'liq bo'lgan manzilgohni aniqlang. A) Selungur B) Ko'lbuloq C) Teshiktosh D) Zarautsoy 21. Eng qadimgi tasviriy san'atning rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) buyuk muzlik davrining boshlanishi B) odamning dunyoni tushunishga intilishi C) urug' jamoalarining paydo bo'lishi D) turarjoylar qurilishi 22. Buyuk muzlik davri qachon o'z poyoniga yetdi? A) mezolit davri boshlanishi bilan B) so'nggi paleolitda C) mezolitning oxiri, neolitning boshlarida D) neolit davrida 23. Qaysi davrdan O'rta Osiyoda sopol idishlar sirti turli naqshlar bilan bezatila boshlangan? A) neolit B) eneolit C) bronza D) temir 24. Brona davriga oid qaysi yodgorlikdan zeb-ziynat yasalgan ustahona qoldiqlari topilgan? A)Sopillitepa B) Zamonbobo C) Jarqo’ton D) Qo’shilish 25. Toshkent viloyatining Ohangaron daryosi vodiysidan topilgan qadimgi aholi manzilgohini aniqlang. A) Obishir B) Qo'shilish C) Ko'lbuloq D) Shoshtepa 26. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) ilk paleolit B) o'rta paleolit C) so'nggi paleolit D)mezolit 27. Quyidagilardan qaysi biri ilk paleolit davri odamiga mansub emas? A) pitekantrop B) neandertal C) avstrolopitek D) sinantrop 28. Mezolit davrining oxirida Old Osiyoda . . . A) metall qurollar kashf etilib, dehqonchilikka o'tish boshlandi B) ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi C) xo'jalikning muhim tarmog'i hisoblangan kulolchilik paydo bo'ldi D) o'troqlashuv jarayonlari yanada kuchaya boshladi 29. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang. A) metall qurollarning kashf etilishi B)kulolchilik charxining paydo bo'lishi C) yog'och va toshga ishlov berishning paydo bo'lishi D) o'troq turmush tarziga o'tilishi 30. Eng qadimgi odamlar rivoji xronologik jihatdan to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping. A) zinjantrop, pitekantrop, avstralopitek, sinantrop, neandertal, kromanyon B) avstralopitek, pitekantrop, zinjantrop, neandertal, sinantrop, kromanyon C) avstralopitek, pitekantrop, zinjantrop, neandertal, kromanyon, sinantrop D) avstralopitek, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop, neandertal, kromanyon 31. So'nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosini aniqlang. 1 turarjoy qurilishi, sun'iy olov; 2 sun'iy olov; 3 o'q-yoy, hayvonlarni qo'lga o'rgatish; 4 kulolchilik, parmalovchi mehnat qurollari; 5 munchoq, tumorlar va uzuklar yasash. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 4 D) 1,4,5 32. Eneolit davridan boshlab O'rta Osiyoda ... 1 sug'orma dehqonchilik vujudga keldi; 2 xom g'ishtdan keng foydalana boshlandi; 3 kulolchilik charxi va g'ildirak kashf etildi; 4 Jarqo'ton manzilgohi yuksak taraqqiyotga erishdi; 5 kulolchilik xumdonlaridan keng foydalana boshlandi; 6 sopol idishlar sirti naqshlar bilan bezatiladigan bo'ldi A) 1,2,5,6 B) 1,2,3,4 C) 4,2,3,6, D) 1,2,4,6, 33. O'zbekiston tarixi bo'yicha eng qadimgi yozma manbalar ketma-ketligi to'g'ri keltirilgan javobni aniqlang. A) "Avesto", shumer yozuvlari, Gerodotning "Tarix" asari, Behustun yozuvlari B) Ramayana, "Avesto", Yunon-rim manbalari, Persopol yozuvlari C) "Avesto", Behustun yozuvlari, Gerodotning "Tarix" asari, Yunon-rim manbalari D) "Avesto", Yunon-rim manbalari, Xitoy solnomalari 34.Bronza davriga oid yodgorliklar quydagi qaysi viloyatdan topilmagan? A) Surxandaryo B) Tosshkent C) Xorazm D) Buxoro 35. Qanday jarayon insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini asta-sekin o'zgartirib bordi? A) tabiiy iqlimning o'zgarib borishi va uning insonga ta'siri B) tabiat qoidalari va tabiat haqidagi tafakkurning kengayib borishi C) mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi D) mehnat faoliyati, tevarak-olam haqidagi to'plangan bilimlar 36.Qaysi davrga kelib odamlar qo’lida ortiqcha qishloq ho’jalik mahsulotlari vujudga kelishi natijasida chorvachilik asta sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) neolit B) eneolit C) bronza D) mezolit -
Download 22.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling