Test “Inson”ning mohiyati nimada?


Download 21.04 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi21.04 Kb.
#1380701
Bog'liq
6 mavzu


Test


1. “Inson”ning mohiyati nimada?
A) Inson - ijtimoiy mavjudot.
B) Inson – bioijtimoiy vujud.
C) Inson- barcha buyumlar mezoni (o’lchovi).
D) Inson – aqlli biologik organizm.
2. “SHaxs”ni siz qanday tushunasiz?
A) Davr ruhini o’z “men”ligida gavdalantira olgan faol inson.
B) Bioijtimoiy mavjudot.
C) Kishi, inson, individ tushunchalarining sinonimi.
D) Har qanday odam, inson.
3. “Erkinlik”ning falsafiy ma’nosini toping.
A) Erkinlik - har kim xohlagan istagini bajarish.
B) Erkinlik-allox irodasini amalga oshirish va ungagina bo’ysunish.
C) Erkinlik - anglashilgan zarurat.
D) Erkinlik - jismonan ozod bo’lishlik.
4. “Xalq” nima?
A) Xalq-muayyan bir shaklga ega bo’lmagan to’da, avom.
B) Aholi tushunchasining sinonimi.
C) Xalq-kishilarning etnik birligi.
D) Moddiy va ma’naviy boyliklar ijodkori, ijtimoiy jarayonlarning sohibi, tarixni yaratuvchi omma.
5. Ma’naviy madaniyatning ijtimoiy vazifasi nimadan iborat?
A) Odamlarni ma’rifatli qilish, ma’naviy go’zalligiga erishish.
B) Xalqqa xizmat qilish.
C) SHaxsning har tomonlama ma’naviy barkamolligini ta’minlash.
D) Odamlarni ilmiy –texnik ziyoli darajasida tarbiyalash.
6. “Qadriyat” deganda nimani tushunasiz?
A) Davr sinovidan o’tgan, saqlanib quyma holiga kelgan ma’naviy merosimizni.
B) Odamlarning ehtiyoj, manfaatlarini qondiruvchi va kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi moddiy, ma’naviy boyliklar.
C) Moddiy boyliklarni.
D) Kundalik ehtiyojlarimizni namoyon bo’lish shaklini.
7. Umuminsoniy qadriyatlarni Siz qanday tushunasiz?
A) Diniy qadriyatlar sifatida.
B) Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar.
C) Milliy madaniy meros, urf-odatlar, an’analar.
D) Butun insoniyat manfaatlari va ehtiyojlariga daxldor qadriyatlar.
8. “TSivilizatsiya” nima?
A) Jamiyat taraqqiyotining oliy bosqichi.
B) Ma’lum makon va zamon chegaralaridagi kishilar moddiy va ma’naviy hayotining yaxlitligi.
C) “Madaniyat” tushunchasining sinonimi.
D) Rivojlangan jamiyatdir.
9. Insoniyatning, umuman Yerda hayotning bundan keyingi taqdirini belgilaydigan sfera?
A) Noosfera. B) Geosfera
C) Gidrosfera D) Biosfera
10. Jamiyat siyosiy tashkilotining belgilovchi elementi nima?
A) Siyosiy partiyalar. B) Diniy tashkilotlar.
C) Davlat. D) Jamoat tashkilotlari.
11. Davlat bu-
A)1 Hukmronlik quroli.
B) Jamiyatni boshqarishni amalga oshiruvchi tuzilma va tashkilotlar majmuasi.
C) Mamlakat.
D) Fuqarolar tashkilotlari
12. “Mafkura” nima?
A) Amaldagi ijtimoiy ong.
B) Muayyan maqsadlarni ximoya etuvchi va ommani ana shu maqsadlarga safarbar qiluvchi g’oyalar, qarashlar tizimi.
C) G’oyalar jami.
D) Ijtimoiy ong darajasi, o’zida ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi ustqurmaning bir qismi.
13. Etnik jamoalarning tarihiy turlarini ko’rsating.
A) Urug’, qabila, elat, millat. B) Qabila, millat, elat.
C) Irq, millat, xalq. D) Elat, millat, milliy guruh, etnik guruh.
14. Millatning muhim belgilarini ko’rsating
A) Iqtisodiy aloqalar, tili, psixologik moyilligi.
B) Tili, madaniyati, milliy o’zligini anglashi, davlati.
C) Hududi, davlati, iqtisodiy hayoti, tili, o’zligini anglash, madaniyatining umumiyligi.
D) Madaniyati, tili, xududi, milliyligini anglash.
15. Fuqarolik jamiyatining bosh tamoyili, bu-
A). Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish. B) Ko’p partiyaviylik.
C) SHaxs erkinligi. D) O’zini-o’zi boshqarish.
16. Ijtimoiy taraqqiyotning “o’zbek modeli” nimaga asoslanadi?
A) O’zimizga xos bo’lgan rivojlanish tamoyillariga.
B)Dunyo hamjamiyati iqtisodiy rivojlanishi omillariga.
C)Konstitutsiyaga.
D) Yangisini qurmay turib, eskisini buzmaslik tamoyiliga.
17. Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang.
A) Hukm, xulosa, tushuncha. B) Tushuncha, xulosa, hukm.
C) Muhokamaijodiyot, nazariya. D) Tushuncha, hukm, xulosa
18. “Ijtimoiy harakat” nima?
A. Jamiyatning faoliyat ko’rsata olishini ta’minlovchi moddiy va ma’naviy jarayonlar.
B. Insondagi har qanday harakat.
C. Jamiyat hayotining ongda aks etishi. D. Tirik organizmlardagi harakat.
19. “Fazo (makon)” nima?
A. Materiyadan mustaqil holatda yashaydigan borliqning alohida turi.
B. Materiyaning tuzilishi, qo’lami va ma’lum tartibda joylanishini ifodalovchi yashash usulidir.
C. Narsalar o’rtasidagi munosabatdir.
D. Narsa va buyumlar joylashishi mumkin bo’lgan bo’shliq, vakuum.
20. “Ong” nima?
A. Materiyaning o’ziga xos ko’rinishi.
B. Inson ruhiy in’ikosining oliy shakli va uning faoliyatini tartibga soluvchi omil.
C. Organik dunyoning o’ziga xos xususiyati. D. Insondagi ruhiy jarayonlar majmui.

Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling