Test javoblar guruh


Download 1.16 Mb.
bet38/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1565970
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
KIMYO

Xossalari. Metanol, etanol va 1-propanollar o’ziga xos alkogol hidga ega, ulardan keyin keladigan gomologlari o’tkir hidli, ba]zilari-qo’lansa hidli. Yuqori spirtlar hidsiz bo’ladi. Metanol, etanol va propanollar suvda cheksi miqdorda eriydi. Boshqa gomologlarining eruvchanligi ancha kam. Yuqori spirtlar (C11H23OH dan boshlab) suvda amalda erimaydi.
Bir atimli spirtlar yaqqol ifodalangan ishqor , kislota xossalariga ega emas. Spirtlarning suvdagi eritmalari indikatorlarga ta’sir etmaydi.
Spirtlar kons. sulfat kislota ishtirokida galogenid kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, uglevodorodlarning galogenli hosilalarini hosil qiladi:
H2SO4
CH3 – OH + H-Cl ----------------- CH3Cl + H2O
metanol metil xlorid

Suvni tortib oluvchi moddalar ishtirokida va yuqori temperaturada spirtlar molekulasidan suv ajralib chiqadi va to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi:


t>1400 C, H2SO4(kons)
H3C – CH2 –OH ------------------------------ H2C = CH2 + H2O

Spirt miqdori ortiqcha va temperatura pastroq bo’lsa, murakkab efirlar hosil bo’ladi:


t > 140 0 C, H2SO4 (kons)
CH3 – CH2 – OH + HO –CH2 – CH3 ---------------------------------------------- CH3-CH2-O-CH2-CH3 + HOH (dietil efir)
Etanol havoda ko’kish alanga berib yonadi:

C2H5OH + 3O2  2CO2 + 3H2O




Ishlatilishi. Etanol xalq xo’jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. U ko’p miqdorda sintetik kauchuk ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shuningdek, laklar, dorilar hamda hidli moddalar ishlab chiqarishda erituvchi va dastlabki xom ashyodir. Undan sirka kislota, dietilefir, turli murakkab efirlar, bo’yoqlar va boshqa moddalar olinadi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi Etanoldan spirtli ichimliklar tayyorlanadi. Etanol tezda qonga singadi va organizmga kuchli ta’sir qiladi. Spirtlli ichimliklar asab sistemasini, ovqat hazm qilish organlarini, yurakni, qon tomirlarni og’ir kasallikka duchor qiladi. Ularni iste’mol etish inson umrini qisqartiradi.
Ko’p atomli spirtlarga molekulalarida uglervodorod radikali bilan bog’langan bir necha gidroksil gruppalari bo’lgan organik birikmalar kiradi. Fenollar gidroksil gruppa soniga qarab, bir atomli, ikki atomli va uch atomli fenollarga bo’linadi:

Agar, etan molekulasi formulasidagi ikkita vodorod atomi o’rnini gidroksil gruppalar bilan almashtirilsa ikki atomli spirt etilenglikol (1,2-etandiol)ning formulasi hosil bo’ladi:


CH3 CH2 – OH
------
CH3 CH2 – OH

Propan molekulasi formulasidan uch atomli spirt glitserin (1,2,3-propantriol)ning formulasini chiqarish mumkin:


CH3 CH2 – OH
CH3 CH2 – OH
CH2 --- CH2 – OH
CH3 CH2 – OH

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling