Test Kimyoning asosiy tushunchalari Quyidagilarni ketma ketlikda joylashtiring


Download 36 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi36 Kb.
#1371941
Bog'liq
Test-1


Test-1. Kimyoning asosiy tushunchalari
1.Quyidagilarni ketma ketlikda joylashtiring.
1.elektron, proton, neytron 2.Modda 3.Molekula 4. Atom
A)1,2,3,4 B) 1,4,3,2 C)2,3,4,1 D)4,3,2,1
2.Kimyo fanining predmeti nima?
A) Atom B)Masalalar C)Modda D)jism
3.Atom tarkibini aniqlang.
A) Proton B)elektron C)yadro D)elektron,proton, neytron
4.Nuklonlar deb nimaga aytiladi ?
A)Protonga B) Yadro tarkibidagi zarrachalarga C)Neytronga D)elektron, proton, neytronga
5.Proton qanday zarracha?
A)Musbat zaryadli B)Manfiy zaryadli C)zaryadsiz D)Nuklon
6.Elektron qanday zarracha?
A)Musbat zaryadli B)Manfiy zaryadli C)zaryadsiz D)Nuklon
7. Neytron qanday zarracha?
A)Musbat zaryadli B)Manfiy zaryadli C)zaryadsiz D)Nuklon
8.Molekula nima?
A)Moddani tashkil etuvchi elektronlar uyushmasi
B)Moddani tashkil etuvchi atomlar guruhi
C)Moddaning fizik xossalarni oʻzida namoyon qiluvchi eng kichik boʻlagi
D)Moddaning barcha xossalarni oʻzida saqlovchi eng kichik bo‘lagi
9.Kimyo fani nimani oʻrganadi?
A)Moddaning xossalarni tuzilishi va bir biriga aylanishini
B)Moddaning tuzilishini
C)Kimyoviy qonuniyatlarni
D)Moddaning bir biriga aylanishini
10.Normal holatda turgan atom elektron olishi yoki berishi natijasida hosil bo'lgan zarracha nima deyiladi?
A) Ion B)Atom C)Molekula D)Jism
11. Izotoplarni yozing.
12.Izotonlarni yozing.
13.Izobarlarni yozing
14.³¹S-2 uchun qaysi xususiyat noto'g'ri?
A)elektron soni 14 ta B) Neytron soni 15 ta
C) Yadro zaryadi 16 D)Nuklonlari 31
15.1.m.a.b. to'g'ri kelgan javobni aniqlang
A)6.02 ×10²³ B)22.4 l C)1.66×10-27 D)1 mol
16.Nisbiy Atom massa nima?
A) Element atom massasi uglerod atom massasidan qancha og'irligini ko‘rsatuvchi qiymat
B) Element atom massasi uglerod 12 izotoping 1/12 qismidan necha marta og'irligini ko‘rsatuvchi kattalik
C) Element atomi massasi 6,02 ×10²³ dan qancha og'irligini ko‘rsatuvchi qiymat
D)Element atom massasi uglerod atom massasining 1/3 qismidan qancha
Og'irligini ko‘rsatuvchi qiymat
17. H2SO4ning molekulyar massasini aniqlang?
A)98 g/mol B)49g/mol C)100g/mol D) 1 mol
18.H4P2O7ning molekulyar massasini aniqlang?
A)144 g/mol B) 150g/mol C)178g/mol D) 32g/mol
19.12 gr uglerodning Modda miqdorini toping?
A)1 B)2 C)3 D)0,5
20.40,5 gr Al ning modda miqdorini toping?
A)1 B)1,5 C)2 D)2,5
21.Oddiy moddalar necha guruhga bo'linadi va ular
A) 1 organik B)2 anorganik C)2 metallar va Metallmaslar D)2 Gomogen va geterogen
22.Murakkab moddalarda Elementlar nechta bo‘lishi kerak?
A)2 dan katta yoki teng B)2 dan kichik yoki teng
C)3 ga teng D) hech bo'lmaganda 1 ga teng
23.Murakkab moddalar necha guruhga bo'linadi va ular qaysilar?
A)2 ga Organik va Anorganik B)2 ga gomogen va geterogen
C) 1 organik D)2 metallar va Metallmaslar
24. Aralashma necha guruhga bo'linadi va ularni ko‘rsating.
A) 2ga metallar va Metallmaslar B) 2ga organik va mineral
C)2 ga gomogen va geterogen D) 4ga oksidlar va asoslar
25.Element atomiga hos xususiyatlarni ko'rsating.
1.yadro zaryadi 2.Rang.3.Oksidlanish darajsi 4.Zichlik
5.Valentlik 6.Agregat holat 7.izotop,izobar, izoton
8.Qaynash va suyuqlanish harorati 9.Davr va guruh 10.eruvchanlik
A)1,3,5,7,9 B)1,2,3,5,7,9 C)2,5,7,9 D)1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
26 Moddaga hos hususiyatlarni ko‘rsating.
1.yadro zaryadi 2.Rang.3.Oksidlanish darajsi 4.Zichlik
5.Valentlik 6.Agregat holat 7.izotop,izobar, izoton
8.Qaynash va suyuqlanish harorati 9.Davr va guruh 10.eruvchanlik
A)1,3,5,7,9 B)1,2,3,5,7,9 C)2,5,7,9 D)1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
27.Allatropiya nima?
A)Bir Molekuladan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi
B)Bir murakkab moddadan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi
C)Bir Element atomi bir necha oddiy moddalar hosil qilishi
D)ikki Element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi
28. Uglerodning tabiiy allatropik shakllarini ko‘rsating
A)karbin, grafit B)olmos, fulluren C)Karbin, Fulluren D)Olmos, garafit
29.Kislorodning allatropik shakllarini ko‘rsating
A)Ozon, kislorod B)CO2 va CO C)SiO2 CaCO3 D)To‘g‘ri javob yo‘q
30.Faqat Kimyoviy Elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.
A)Ozon, kislorod, olmos, Vodorod B)Olmos, Ozon,grafit, uglerod
C)uglerod, kislorod, vodorod, azot D)Azot,Ozon,kislorod,vodorod
31 Moddaning agregat holati nechta?
A) 3 B)4 C)6 D)2
32.Molekulyar moddalar ...... ham deyiladi.
A)Bertolitlar B)Atomlar C)Molekulalar D) Daltonidlar
33.Nomolekulyar moddalar ...... ham deyiladi.
A)Bertolitlar B)Atomlar C)Molekulalar D) Daltonidlar
34.Kimyoviy formula nima?
A)Modda tarkibini koyffitsiyеntlar yordamida aniqlash
B)Modda tarkibini Kimyoviy belgilar va zarurat bo‘lsa
indekslar yordamida ifodalash
C)Modda tarkibini faqat Elementlar yordamida ifodalash
D) A va C javoblar to'g'ri
35.Valentlik nima?
A)Oksidlanish darajsi B)Oladigan yoki beradigan elektronlar
C)Element atomi boshqa Element atomlarini muayyan sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi
D)Kimyoviy belgiga aytiladi
36."Valens" so‘zining ma'nosi?
A)Tez B) Passiv c)kuchsiz D) kuchi bor
37.Valentlik necha xil bo‘ladi va ular
A) 2 xil o‘zgarmas va o‘zgaruvchan.
B) 1xil o‘zgarmas
C)2 xil kuchli va kuchsiz
D)B va C javob to'g'ri
38.Keltirilgan birikmalarning qaysilarida S ning valentligi 4 ga teng?
1)Na2SO4 2)SO2 3)Al2(SO4)3 4)K2SO4 5)H2S
A) 1,2 B)2,4 C)1,5 D)3,5
39.Qaysi qatorda valentligi o‘zgaruvchan elementlar keltirilgan?
A)K,C,S,N,P,Fe B)Cu,Ba,N,Cl,Br,Cr C) C,Cr,Cu,P,S D)Ca,Cu,C,H,F,O
40.Quyidagi birikmalarada 4 valentli elementlarni ko‘rsating.
1)Al2(SO4)3 2)MnO2 3)H2CrO4 4)HClO4 5)H2SiO3 6)CH3OH
A)Cr,Cl B)S, Mn C)Mn, Si, C D)O,H
41.Fizik hodisalarda nimalar o‘zgaradi?
1)Hajm. 2)rang 3)Shakl 4) hid 5)Agregat holat 6)Issiqlik yutiladi
7)Yangi modda hosil bo‘lmaydi 8)yangi modda hosil bo‘ladi
A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,2,3,4 D)5,6,7,8
42.Kimyoviy hodisalarda nimalar o‘zgaradi?
1)Hajm. 2)rang 3)Shakl 4) hid 5)Agregat holat 6)Issiqlik yutiladi
7)Yangi modda hosil bo‘lmaydi 8)yangi modda hosil bo‘ladi
A)1,3,5,7 B)2,4,6,8 C)1,2,3,4 D)5,6,7,8
43. Kimyoviy reaktsiyalarni Kimyoviy formulalalar va zarurat bo‘lsa koyffitsiyеntlar
yordamida ifodalashga ..... deyiladi .
A) Kimyoviy belgi B) Element C)Formula D)Kimyoviy tenglama
44. Quyidagi mosliklarni aniqlang.
1)Birikish 2)Parchlanish 3)O‘rin olish 4)Almashinish
a) 2H2O=2H2 +O2, CaCO3=CaO +CO2
b)2Cu+O2 = 2CuO, CaO +CO2 = CaCO3
c) Zn +HCl =ZnCl2 + H2, Fe +CuSO4= FeSO4 +Cu
d)NaOH +HCl =NaCl + H2O, BaCl2 +Na2SO4 = BaSO4 +2NaCl
A)1b,2a,3c,4d B)1a,2b,3c,4d C)1d,2c,3a,4b,D)1a,2b,3d,4c
45.Kimyoviy reaksiyalar issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab
..... va .... reaktsiyalarga bo'linadi.
A)Kuchli va kuchsiz B) Ekzotermik va endotermik
C)O‘rin olish, parchalanish D) Birikish va almashinish
46.Issiqlik (energiya) chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ....
Reaksiyalar deyiladi.
A)Endotermik B)Shiddatli C)Ekzotermik D) kuchsiz
47..Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar ....
Reaksiyalar deyiladi.
A)Endotermik B)Shiddatli C)Ekzotermik D) kuchsiz
48. Kimyoviy reaktsiyalarda ajralib chiqadigan energiya nima deyiladi?
A)Issiqlik energiyasi B)Atom energiyasi C)Kimyoviy energiya D)Molekulyar energiya
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling