Test muallif: Ikromov Sherzodxon
Download 449.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq8-sinf Huquq Test Saylanma 4-v @Huquq Testlar
Test muallif: Ikromov Sherzodxon #Saylanma_Test HUQUQ FANIDAN BIRINCHI RAQAMLI KANAL: @HUQUQ_TESTLAR 1 4-variant 1. Tushirib qoldirilgan so‘zlarni topib, o‘z joyiga qo‘ying. Fuqarolar o‘z ... va ... ni amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. A) “huquq”... “erkinliklari” B) “huquq”... “burchlari” C) “erkinliklari”... “huquqlari” D) “erkinliklari” ... “manfaatlari” 2. Quyidagilardan Davlatning ibtidoiy, urug‘chilik jamiyatidan ajratib turadigan belgilaridan birini aniqlang. A) davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar. B) davlatning paydo bo‘lishi fuqarolar o‘rtasida tengsizlikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. C) davlat paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar o‘rtasida mehnat taqsimoti vujudga keladi. D) davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyat yo‘q bo‘ladi. 3. Davlatning tashqi fuknsiyasiga oid qatorni toping. 1. Mamlkatning iqtisodiy sohada rivojlanishini ta'minlash 2. Xorijiy mamlakatlar bilan madiniy aloqalar. 3. Fuqarolarning madaniy-ma'rifiy barkamollikka erishlari uchun sharoit yaratish. 4. Tinchlik va osoishtalikni ta'minlash 5. Tashqi havf-xatardan mudofaa 6. Xalqaro iqtisodiy faoliyat A) 1.2.4.5 B) 1.2.3.4 C) 2.4.5.6 D) 2.3.5.6 4. Quyidagi davlatlardan monarxiya boshqaruvi o‘rnatilgan davlatni ko‘rsating. 1. Yaponiya; 2. Mozombik; 3. Turkiya; 4. Angliya; 5. Meksika; 6. Lesoto; 7. Marokko. A) 1.3.5.7 B) 1.2.4.6. C) 1.4.6.7 D) 1.2.4.6.7 5. Ushbu jumla kimga tegishli “Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi” A) Ali ibn Abu Tolib B) Abu Ali ibn Sino C) Abu Nasr Farobiy D) Amir Temur 6. Quyida ko‘rsatilgan shaxslardan kimlar Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda ishtirok etishlari mumkin? 1. Qonuniy vakili 2. Katta yoshdagi yaqin qarindoshi 3. Pedagog A) 1, 2; B) 1, 3; C) 2, 3; D) 1, 2, 3; 7. Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi masalani kim ko‘rib chiqadi. A) prokuror B) terovchi C) sudya D) himoyachi 8. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda,necha soatdan oshmasligi kerak. A) 4 soatdan B) 6 soatdan C) 8 soatdan D) 10 soatdan 9. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi qancha bo‘lishi kerak? A) o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg.dan og‘ir bo‘lmasligi lozim. B) o‘g‘il bolalar uchun — 7,5 kg, qiz bolalar uchun — 4,5 kg.dan og‘ir bo‘lmasligi lozim. C) o‘g‘il bolalar uchun — 8,5 kg, qiz bolalar uchun — 5,5 kg.dan og‘ir bo‘lmasligi lozim. D) o‘g‘il bolalar uchun — 9,5 kg, qiz bolalar uchun — 6,5 kg.dan og‘ir bo‘lmasligi lozim. 10. Quyidagilardan sog‘liqqa qarshi jinoyatlarni ajrating. 1. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, 2. Qiynash, 3. Bolani almashtirib qo‘yish, 4.Ehtiyotsizlikdan badanda og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, 5. Inson a'zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish, 6.Xavf ostida qoldirish. A) 1; 2; 4; 6. B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 6 11. 15 yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxslar quyidagilardan qaysi jinoyatning sub'ekti bo‘la olmaydilar? 1. Buyruqni bajarmaslik, 2. Halok bo‘layotgan harbiy kemani tashlab ketish, 3. Bezorilik. 4. Uchish yoki uchishga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini buzish, 5. O‘g‘rilik. 6. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6. B) 2, 4, 6. C) 1, 2, 4, 6. D) 1, 4, 6. Download 449.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling