Test Ona tili 4-sinf II chorak I variant


Download 63.3 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi63.3 Kb.
#1525080
  1   2
Bog'liq
ona tili fanidan 4 sinf ii chorak tes


Aim.Uz

Test Ona tili 4-sinf II chorak I variant
1. –li, -siz, -la, -xon, -dor, -chi qanday qo`shimchalar? (54-bet)
A) So`z yasovchi qo`shimchalar
B) So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar
D) Faqat ot yasovchi qo`shimchalar
2. Gapda so`zlarni bir-biriga qaysi qo`shimchalar bog`laydi? (55-bet)
A) –la, -illa, -ulla B) –chi, -la, -siz, -li, -kor D) –ning, -ni, -ga, -da, -dan
3. Qaysi qo`shimchalar yordamida asosdosh so`zlarni hosil qilamiz? (58-bet)
A) So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar
B) So`z yasovchi qo`shimchalar
D) Egalik qo`shimchalari
4. So`zlarni nimalar yordamida turkumlarga ajratiladi? (59-bet)
A) Qo`shimchalar yordamida B) So`roqlar yordamida D) To`g`ri javob yo`q
5. Kim? Nima? Qayer? so`roqlari qaysi otlarga beriladi? (67-bet)
A) Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so`zlarga
B) Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so`zlarga
D) Shaxs va narsaning nomini bildirgan so`zlarga
6. Otlarni ma’nosiga ko`ra qanday turlarga ajratish mumkin? (67-bet)
A) Shaxs nomlari, narsa nomlari, joy nomlari
B) Narsa va joy nomlari
D) Faqat shaxs nomlari
7. “Anvoyi” so`zi qanday ma’noni bildiradi?
A) rangsiz B) Dilgar orom bag`ishlovchi rang D) Turli-tuman, rang barang
8. Egalik qo`shimchalarini belgilang. (68-bet)
A) –m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -(lar)i
B) –li, -siz, -la, -xon, -dor, -chi
D) –ning, -ni, -ga, -da, -dan
9. Egalik qo`shimchalari qanday vazifani bildiradi? (68-bet)
A) Gapda so`zlarni bir-biriga bog`laydi
B) Egalik qo`shimchalari shaxs va narsa buyumlarning qaysi shaxsga tegishli, qarashliligini bildiradi.
D) Egalik qo`shimchalari asosdosh so`zlarni hosil qilish vazifasini bajaradi.
10. Fe’lda nechta shaxs bor?
A) 3 ta B) 4 ta D) 2 ta
11. I shaxs egalik qo`shimchalarini belgilang. (69-bet)
A) –m, -ing, -imiz, -ingiz B) –m, -im, -imiz, miz D)-I, -si, -(lar)i
12. II shaxs egalik qo`shimchalarini belgilang. (69-bet)
A) –ng, -ing, -ingiz, -miz B) –m, -im, -miz, -imiz D) –ng, -ing, -ngiz, -ingiz
13. Birlik ma’nosini bildirgan egalik qo`shimchalarini belgilang. (74-bet)
A) –miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -(lar)i B) –m, -im, -ng, -ing, -i, -si D) –im, -ingiz, -i, -ing
14. Egalik qo`shimchalari qanday qo`shimchalar? (74-bet)
A) Egalik qo`shimchalari, so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar
B) Egalik qo`shimchalari, so`z yasovchi qo`shimchalar
D) Asosdosh so`zlarni hosil qiluvchi qo`shimchalar
15. Otlarda nechta kelishik bor?
A) 4 ta B) 6 ta D) 7 ta
16. Davlat tili to`g`risidagi qonun qachon qabul qilindi? (75-bet)
A) 1989-yil 21-oktabr B) 1991-yil 18-noyabr D) 1992-yil 10-dekabr
17. Tushum kelishigi qo`shimchasini belgilang. (80-bet)
A) –da B) –ning D) –ni
18. Gapda bosh kelishikdagi otni qanday aniqlaymiz? (84-bet)
A) So`roqlari yordamida
B) –ni qo`shimchalari yordamida
D) Har ikkala javob ham to`g`ri
19. Bosh kelishikdagi otning tarkibida qaysi qo`shimchalar ishtirok etishi mumkin? (86-bet)
A) So`z o`zgartiruvchi
B) So`z yasovchi
D) –hech qanday qo`shimcha kelmaydi
20. Bosh kelishigidagi otni toping.
A) Akam, kitobga, bargni B) Anor, meva, gul D) Shirin, nordon, achchiq
21. Otlarga qo`shiladigan –ning, -ni, -ga, -da, -dan qo`shimchalari qanday qo`shimchalar deyiladi? (79-bet)
Kelishik qo`shimchalari
22. Qaysi kelishikning qo`shimchasi yo`q? (80-bet)
Bosh kelishik
23. Singlim, burnim, og`zim so`zlarida qanday tovush o`zgarishi yuz bergan? (83-bet)
Tovush tushishi
24. –ning qaratqich kelishigi qo`shimchasi otni qaysi so`z turkumdagi so`zlarga bog`laydi? (87-bet)
Ot so`z turkumiga
25. Tushum kelishigi qo`shimchasi otni qaysi so`z turkumidagi so`zlarga bog`laydi? (90-bet)
Fe’l so`z turkumiga

Download 63.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling