Test O’qish 1-sinf 3-chorak 1-variant ”Yurt qalqonlari” she’rining muallifi kim?


Download 333 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi333 Kb.
#1479250
Bog'liq
1 sinf oqish 3-chorak test 2019


Test O’qish 1-sinf 3-chorak 1-variant
1.”Yurt qalqonlari” she’rining muallifi kim?
a)Eson Rahimov b)Po’lat Mo’min
d)Dilshod Rajab e)Abdulla Oripov
2.Shifokor Ravshanga qaysi sport turi bilan shug’ullanishini aytdi?
a)suzish b)futbol
d)tennis e)shaxmat
3.Shudgor uzra uvullar
Ayoz bobo bo’roni bilan boshlanuvchi she’r nomi?
a)Oy allasi b)Ota rozi-vatan rozi
d)Qish e)Bekinmachoq
4.Vatan nimadan boshlanadi?
a)ona tuproqdan b)maktabdan
d)sinfdan e)ko’chadan
5.Yaxshini yomon kunda sina.Ushbu o’git nima haqida?
a)mehnatsevarlik haqida b)adolat haqida
d)do’stlik haqida e)odob haqida
6.Alisherga kiyikni kim olib kelgan?
a)otasi b)tog’asi
d)do’sti e)onasi
7.Husayn bozordan nimani sotib oladi?
a)kitob b)chiroq
d)non e)ketmon
8.Samarqandda rasadxona qurdirgan kim?
a)Bobur Mirzo b)Mirzo Ulug’bek
d)Ibn Sino e)Amir Temur
9.Bahorni nimalar olib kelishadi?
a)turnalar b)hakka
d)kabutarlar e)chumchuqlar
10.Bekinmachoq she’rining muallifi kim?
a)Miraziz A’zam b)Po’lat Mo’min
d)Anvar Obidjon e)Vafo Fayzulloh
11.O’z kitoblari bilan tibbiyot ilmiga asos solgan kim?
a )A.Navoiy b)Bobur d)Ibn Sino e)Ulug’bek


12.Oq yer ochilgan,qora bug’doy sepilgan?
Topishmoqning javobini toping
a)daftar b)ruchka d)kitob e)rasm daftar

Test O’qish 1-sinf 3-chorak 2-variant
1.Vatan-bu she’rining muallifi kim?
a)Po’lat Mo’min
b)Dilshod Rajab
d)Tursunboy Adashboyev
e)Miraziz A’zam
2.”Suv shifo”hikoyasi qahramoni?
a)Ravshan b)Ozod
d)Aziz e)Murod
3.Odil Abdurahmon qalamiga mansub bo’lgan she’r nomini toping
a)Qish b)Ota rozi-vatan rozi
d)Oy allasi e)Bekinmachoq
4.Oz-oz o’rganib dono bo’lur,qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.Hikmatli so’zning muallifi kim?
a)Alisher Navoiy b)Bobur Mirzo
d)Abu Ali Ibn Sino e)Mirzo Ulug’bek
5.Boshga qilich kelsa-da rost so’zla.O’giti nima haqida?
a)do’stlik b)mehnatsevarlik
d)adolat e)odob
6.Turmushning ko’p sirlarini nima o’rgatadi?
a)tartib b)maktab
d)hayot e)odob
7.Bobur Mirzo o’z boshidan o’tkazgan voqealarni qaysi kitobida yozib qoldirgan?
a)Boburnoma b)Xamsa
d)Arbain-Hadis e)Majolisun-nafois
8.Ona sabog’ida qaysi buyuk inson haqida so’z yuritiladi?
a)Bobur Mirzo b)Mirzo Ulug’bek
d)Alisher Navoiy e)Amir Temur
9.Podshoh qaysi qo’shiqni eshitib yum-yum yig’laydi?
a)alla b)bahor
d)ona e)vatan
10.Maktab-oftob qo’shig’i muallifi kim?
a)Quddus Muhammadiy b)Po’lat Mo’min
d)Miraziz A’zam d)Dilshod Rajab
11.Amir Temurning nevarasi ham podshoh ham olim,buyuk munajjim kim?
a)Mirzo Ulug’bek b)Bobur Mirzo d)Alisher Navoiy d)Ibn sino


12.Yoz,kuz bo’yi chirqillab,don tashiydi pirillab?
a)tipratikan b)chumoli d)chumchuq d)parranda

Download 333 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling