163. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi qonunlar qabul qilingan:
a) «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida», «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» va boshqalar.
b) «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida», «Axborot xavfsizligi to‘g‘risida» va boshqalar.
c) «Axborot erkinligi to‘g‘risida», «Elektron tijorat to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va boshqalar.
d) «Internet to‘g‘risida», «Axborot xavfsizligi to‘g‘risida», «Balog‘at yoshiga yetmaganlarni ma’naviy va jismoniy salomatliklariga zarar yetkazuvchi axborotlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» va boshqalar.
164. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish kim tomonidan amalga oshiriladi?
a) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ tomonidan
b) Vakolatli hokimiyat organi tomonidan
c) Maxsus vakolatli organ tomonidan
d) Yuridik shaxs tomonidan
165. Axborot resurslari bu:
a) Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi
b) Hujjatlashtirilgan axborot
c) Audiovizual va boshqa xabarlar
d) Maxsus axborot
166. O‘zbekiston Respublikasining ”Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq faoliyat yurituvchi, aloqa va axborotlashtirish sohasini muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi kim?
a) O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
b) O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
c) O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi
d) «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi
167. Axborot tizimlari yoki axborot resurslariga kim egalik qilishi mumkin?
a) Yuridik yoki jismoniy shaxslar
b) Tarmoq administratori
c) Kompaniya direktori
d) Tashkilot rahbari
168. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining asosiy maqsadi:
Axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
Axborot erkinligi prinsipi va kafolatlariga rioya etilishini ta’minlash
Elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish
Telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
169. Axborot resurslarida saqlanayotgan va ishlov berilayotgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va qog‘oz ko‘rinishidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan axborot nima deb ataladi?
a) Elektron hujjat
b) Axborot resursi
c) Elektron raqamli imzo
d) Axborot
Do'stlaringiz bilan baham: |