#Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan, tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb
hisoblanadi?
-merkantilizm;
-fiziokratlar;
-klassik burjua iqtisodiy maktabi;
-marksistik nazariya;
# Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
-keynschilar;
-monetarizm;
-institutsionalizm;
-liberalizm;
# Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?
- mutlaq cheklanganlik;
- inson mehnatining natijasi;
- nisbatan cheklangan yoki kamyob;
- qiymatga ega;
# Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib
kimlar yaratgan?
- merkantilistlar;
- fiziokratlar;
- klassik siyosiy iqtisodchilar;
- keynschilar;
# Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?
- ayriboshlash sohasi;
- ishlab chiqarish sohasi;
- ayriboshlash va ishlab chiqarish sohasi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi;
# “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
- cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini
to‘laroq qondirib borish mumkinligi;
- ekologik muammolar;
- iqtisodiy inqirozlarni bartaraf qilish muammosi;
- ishsizlik muammosi;
# Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang:
- ehtiyojlarning to‘xtovsiz o‘sib borishi;
- iqtisodiy resurslar cheklanganligi;
- aholi farovonligining o‘sib borishi;
- ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;
# Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol qilishga qaratilgan,
bir-biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday nomlanadi?
- ishlab chiqarish faoliyati;
- taqsimlash sohasidagi faoliyat;
- ayriboshlash sohasidagi faoliyat;
- iqtisodiy faoliyat;
Do'stlaringiz bilan baham: |