60.Chorvachilik majmualarida suvdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
A) Chorvani sug’orish va cho’miltirish uchun.
B) Chorvani sug’orish va cho’miltirish hamda em-xashak tayyorlash uchun.
S) Chorvani sug’orish va cho’miltirish, majmuaning sanitar holatini ta'minlash, mahsulot ishlab chiqarish, idishlarni yuvish, ishchilarni suv bilan ta'minlash va em-xashak tayyorlash uchun.
D) Chorvani sug’orish, cho’miltirish, mahsulot ishlab chiqarish va majmuaning sanitar holatini ta'minlash uchun.
E) Chorvani sug’orish va cho’miltirish hamda em-xashak tayyorlash uchun.
61.Chorva majmualarida suv iste'mol qilish va oqova suv chiqarishning suv muhitiga ta'siri bormi?
A) Suvning muhitiga ta'siri yo’q.
B) Suvning sifatiga ta'siri bor.
S) Suvning miqdoriga ta'siri bor.
D) Suvning sifati va miqdoriga ta'siri bor.
E) Suvning sifati va miqdoriga ta'siri yo’q.
62.Chorvachilik majmualarida oqova suvlarini tozalashning qaysi usullari eng qulay hisoblanadi?
A) Mexanik va biologik.
B) Mexanik va kimyoviy.
S) Biologik va kimyoviy.
D) Kimyoviy va fizikaviy.
E) Mexanik va fizikaviy.
63.Lalmi dehqonchilik suv muhitiga qanday ta'sir ko’rsatadi?
A) Hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi.
B) Sifatiga ta'sir ko’rsatadi.
S) Sifati va miqdoriga ta'sir ko’rsatadi.
D) Miqdoriga ta'sir ko’rsatadi.
E) Faqat er osti suvining sifatiga ta'sir ko’rsatadi.
64.Qanday sifat tarkibiga ega bo’lgan suvlar sug’orish uchun yaroqli hisoblanadi?
A) Chuchuk va tiniq suvlar.
B) Daryo suvlari.
S) Tuz miqdori 1g/l dan oshmagan suvlar.
D) Irrigasiya koeffisienti 18 dan katta, SAR koeffisienti 9 dan kichik bo’lgan va tuz miqdori 1g/l dan oshmagan suvlar.
E) Tarkibida xlor miqdori 1000 mg/l kam bo’lgan suvlar.
65.Sug’oriladigan dehqonchilikda suv qanday maqsadlarda foydalaniladi?
A) Qishloq xo’jaligi ekinlarining fiziologik talabini qondirish maqsadida.
B) Qishloq xo’jaligi ekinlarining fiziologik talabini qondirish va erlarning sho’rini yuvish maqsadida.
S) Qishloq aholisini ichimlik va xo’jalik suv ta'minoti, qishloq xo’jaligi ekinlarining fiziologik talablarini qondirish va erlarning sho’rini yuvish maqsadlarida.
D) Qishloq aholisining suv ta'minoti va ekinlarni sug’orish uchun.
E) Ekinlarni fotosintezga sarflagan suvini qoplash va qishloq aholisini suv bilan ta'minlash uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |