Tarbiyaga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni aniqlang.
|
* tarbiyachi o’zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga sindirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum bir maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishidir;
|
tarbiya ijtimoiy hayot hodisasidir;
|
ta’lim jarayonida beriladigan ish mazmuni, maqsadga ko’ra amalga oshiradigan xatti-harakatlar yig’indisi;
|
o’quvchilarga maqsadli ta’sir ko’rsatish;
|
Tarbiya yo’nalishlari to’liq ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
|
*ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy- siyosiy, estetik, mehnat, jismoniy tarbiya, ekologik, iqtisodiy;
|
ijtimoiy- siyosiy, estetik, mehnat, jismoniy tarbiya, ekologik, iqtisodiy;
|
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy- siyosiy, estetik, mehnat, jismoniy tarbiya;
|
ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy- siyosiy, ekologik, iqtisodiy, jismoniy tarbiya;
|
Barkamol shaxs tarbiyasi prinsiplari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang.
|
*tarbiyaning ma`lum maqsadga qaratilganligi; tarbiyaning hayot bilan, mehnat bilan bog`liqligi; tarbiyada milliy ma’daniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi; tarbiyada o`quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatini hisobga olish; tarbiyaning izchilligi, tizimliligi, tarbiyaviy ta`sirlarning birligi va uzluksizligi; shaxsni jamoada tarbiyalash; shaxsga nisbatan hurmat va talabning birligi;
|
tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi, shaxsni jamoa orqali tarbiyalash, tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
|
tarbiyaning hayot bilan bog`liqligi, shaxsni jamoa orqali tarbiyalash, tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
|
tarbiyaning hayot bilan,mehnat bilan bog`liqligi; tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi; tarbiyada o`quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatini hisobga olish; tarbiyaning izchilligi,tizimliligi,tarbiyaviy ta`sirlarning birligi va uzluksizligi;shaxsni jamoada tarbiyalash;shaxsga nisbatan hurmat va talabning birligi
|