Yuqoridagi ma’lumotlar asosida quyidagi hulosalarga kelish mumkin.
Foydalaniladigan energiyaning ajralishi 3 bosqichda amlga oshadi.
1. TAYYORGARLIK BOSQICHI. Hazm qilish organlaridagi oziqni parchalanishi hisobiga hosil bo’ladigan energiya (uning hammasi issiqlik sifatida tarqalib ketadi ATF tarkibiga to’planmaydi).
2. ANAEROB BOSQICHI(to’liqsiz parchalanish). Hujayra sitoplazmasida amalga oshadi va bir molekula glukozaning ikki molekula sut kislotasini hosil qilishi bilan amalga oshadi. Bu bosqichada 2 molekula ATF hosil bo’ladi. Bir molekula ATF dan uchinchi fosfatning chiqishi hisobiga 40 kj potensial energiya hosil bo’lishini hisobga olsak, bu bosqichda 80 kj (40*2=80) energiya ATF tarkibiga to’planadi desak bo’ladi. Bundan tashqari issiqlik sifatida tarqalgan energiya ham mavjud. Anaerob bosqichda hosil bo’lgan energiyaning 40%i ATFga to’planadi, qolgani (60%) issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Demak ,
40% ----------- 80 kj
60% ----------- X=120 kj energiya issiqlik tarzida tarqalib ketar ekan.
Umumiy anaerob bosqichida 200 kj (80+120=200) energiya hosil bo’ladi.
3. AEROB BOSQICHI. Hujayra mitoxondriyalarida amalga oshadi. Bu bosqichda anaerob bosqichida hosil bo’lgan ikki molekula sut kislota CO2 va H2O gacha parchalanadi, natijada 36 molekula ATF hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan ATF tarkibidagi energiya miqdori 1440kj (36*40=1440) ga teng.
Bir molekula glukoza to’liq parchalanganda umumiy 2800kj energiya hosil bo’lsa, undan 200kj miqdori anaerob bosqichda hosil bo’ladi, qolgan qismi (2600kj) aerob bosqichda ajraladi. Aerob bosqichida ham issiqlik sifatida energiya tarqaladi. Umumiy energiyadan (2600) ATF tarkibiga to’plangan energiyani olib tashlasak issiqlik tarzida tarqalgan energiya hosil bo’ladi.
2600-1440=1160kj energiya issiqlik tarzida tarqaladi.
Demak, aerob bosqichida hosil bo’lgan umumiy energiyaning foiz ulushi quyidagicha bo’ladi:
2600kj ------------ 100% 2600kj -------- 100%
1440kj ------------ X=55,4% ATF tarkibiga to’planadi. 1160kj -------- X=44,6% issiqlik tarzida ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |