Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


ATF SINTEZI VA ENERGIYA ALMASHINUVI. FOTOSINTEZ


Download 1.16 Mb.
bet25/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

ATF SINTEZI VA ENERGIYA ALMASHINUVI. FOTOSINTEZ.


Dissimilatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro‘y beradi. Bu assimilatsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchalanislii energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun dissimilatsiya jarayoni hujayraning energiya almashinuvi deb ham yuritiladi.
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan barcha muhim jarayonlardan biri, ularning aerob, ya’ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda kislorod yordami­da murakkab organik birikmalar oksidlanishi tufayli ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi. O‘simliklarda esa nafas olish organlari bo‘lmaydi. Ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi.
Ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘larda mujassamlashgan bo‘ladi. Bir molekula ya’ni, 180 g glukozaning С, H, О atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan potensial energiya miqdori 2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukozadagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi:


C6H12O6 + 6 O2 fermentlar ta’sirida 6 CO2 + 6 H2O + 2800 kJ.


Ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning bir qismi issiqliq energiyasi sifa­tida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)ning energiyaga boy fosfat bog‘larida to‘planadi.
Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hujayra bo‘linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membaranalar orqali faol ko‘chirilishi, asab impulslarining o‘tkazilishi va boshqalami energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.
ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kis­lota qoldig‘idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida faqat bitta fosfat kislota bo‘lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat kislota bo‘lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo‘ladi. Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko‘p energiyaga egadir.
ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishiga imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog‘larning mavjudligi hu­jayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to‘plashga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning turli qismlari uchun zarur bo‘lgan ATF molekulalarini yetkazib beradi va hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling