7-sinf oziqlanish
Download 23.67 Kb.
|
7-sinf OZIQLANISH
7-sinf OZIQLANISH 1. Ular biosintez reaksiyalari uchun energiya manbai sifatida yorug’lik energiyasidan foydalanadilar. Bunday organizmlar …….deb ataladi. A) xemotroflar B) fototroflar C) getrotroflar D) A va B 2. O’simlik hujayrasining necha foizi suvdan iborat? A) 70-80% B) 70-95% C) 90-95% D) 25-75% 3. O’simliklarda bo’r(1), kalsiy(2), oltingugurt(3), temir(4), marganes(5), mis(6) yetishmaganda quyidagi kasaliklar kelib chiqadi. a) barglar oldin oqarib, so’ng sarg’ayadi; b) barglarda oq dog’lar paydo bo’ladi, ular buraladi va so’liydi; c) yosh barglar bujmayadi, ularda burmalar xosil bo’ladi va to’kiladi; d) barglar plastinkasida sariq dog’lar paydo bo’ladi, barg tomirlari yashillikni saqlab qoladi; e) poya uchlari sarg’aygan va barglar burishadi, o’sish konusi nobud bo’ladi; f) yosh barglarda oq dog’lar paydo bo’ladi va to’kiladi. A)1-e;2-c;3-a; 4-f; 5-d; 6-b B)1-e; 2-a; 3-c;4-f; 5-b; 6-d C)1-a;2-e;3-c;4-f;5-d; 6-b D)1-a;2-c;3-b;4-d; 5-e;6-f 4. O’simliklarda nuklein kislotalar va fosfolipidlarning tarkibiy qismiga kiradigan(1) va oqsillar, nuklein kislotalar, fitogormonlar, aminokislotalar tarkibiga kiradigan(2) elementni aniqlang. A) 1-azot; 2-oltingugurt B) 1-fosfor; 2-azot C) 1-fosfor; 2-oltingugurt D) 1-azot; 2-fosfor 5. Noto’g’ri bo’lgan ma’lumotlarni aniqlang. 1) yashil o’simliklar fotosintez jarayonida yorug’lik energiyasidan foydalanib anorganik moddalar xosil qiladi; 2) fotosintez uchun dastlabki mahsulotlar suv va karbanat angidirid xisoblanadi; 3) fosforli va kaliyli o’g’itlar o’simlikning o’sishini tezlashtiradi; 4) O’simliklar fotosintez qilish xisobiga bir yil davomida yer yuzida o’rtacha 100-115 mln tonna uglerodni biomassaga aylantirib beradi; 5) o’simliklar karbanat angidiridni barg og’izchalari orqali qabul qiladi; 6) kalsiyning yetishmasligi birinchi navbatda yosh meristema to’qimalarining shakllanishiga va ildiz faolyatiga tasir qiladi. A) 2, 4, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 2, 3, 6 6. Oziqlanishi passiv bo’lgan organizmlar berilgan qatorni aniqlang. A) bo’shliqichlilar, amfibiyalar, plastinkajabralilar B) o’troq qisqichbaqasimonlar, shulaqanotlilar C) bo’shliqichlilar, ayrim chuvalchanglar D) shulaqanotlilar, amfibiyalar, bo’shliqichlilar 7. Bu hayvonlarda dastlab uchi berk shoxlangan o’rta ichak paydo bo’lgan. Ozuqa og’iz teshigi orqali qisqa halqumga, u yerdan ichakka o’tib hazm bo’ladi. Hazm bo’lmagan qismi og’iz orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Gap qaysi hayvonlar haqida bormoqda? A) bo’shliqichlilar B) to’garak chuvalchanglar C) mollyuskalar D) yassi chuvalchanglar 8. Qaysi hayvonlarda dastlab anal teshigi va orqa ichak paydo bo’lgan? A) bo’shliqichlilar B) to’garak chuvalchanglar C) mollyuskalar D) yassi chuvalchanglar 9. Zahar bezi ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan umurtqasiz organizmlarni aniqlang? 1) falanga; 2) sariq ilon; 3) butli o’rgimchak; 4) charx ilon; 5) qoraqut o’rgimchagi; 6) chivin A) 3,4,5 B) 3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 2,3,4,5 10. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ovqat hazm qilish ketma ketligini aniqlang? A) og’iz, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ingichka ichak, yog’on ichak, kloaka B) og’iz, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ingichka ichak, yog’on ichak, anal teshigi C) og’iz, halqum, qizilo’ngach, oldingi ichak, orqa ichak, anal teshigi D) og’iz, halqum, qizilo’ngach, ichak, kloaka 11. Quyidagi hayvonlar orasidan nechta kloakaga ega organizm berilgan? 1) zog’ara baliq; 2) yashil kvaksha; 3) triton; 4) baqa; 5) ko’rshapalak; 6) kit akulasi; 7) chumchuq; 8) oq ayiq; 9) to’ng’iz; 10) timsoh A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 12. Odam ovqat hazm qilish sistemasiga oid to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. a) og’izda ovqat tishlar va so’lak tasirida mexanik parchalanadi; b) oziqning qonga so’rilishi og’izdan boshlanadi; c) ovqat og’izda chaynalib qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi; d) ovqat oshqozonda kimyoviy va mexanik tasirlarga uchraydi; e) suv ingichka ichakda so’riladi va hazm bo’lmagan ovqat qoldig’i yog’on ichakka o’tkaziladi; f) o’t suyuqligi ovqat tarkibidagi yog’larni hazm bo’lishida ishtirok etadi; g) o’t suyuqligi oshqozonga quyiladi; h) oshqozonosti bezi fermenti ichakka quyiladi, oqsillar va uglevodlarni parchalaydi; A) c,d,f,g B) a,b,e,h C) c,d,e,h D) a,b,f,g 13. Sog’lom odamning qaysi doimiy tishlar soni sut tishlari soniga teng? A) kurak tishlar, kichik oziq tishlar B) katta oziq tishlar, qoziq tishlar, kichik oziq tishlar C) qoziq tishlar, kurak tishlar, kichik oziq tishlar D) kurak tishlar, katta oziq tishlar 14. 17 yoshli Sarvarning katta oziq tishlar sonini aniqlang(sog’lom holatda) A) 4 ta B) 8 ta C) 12 ta D) 10 ta 15. Quyidagilarni bir biriga juftlang
1-b; 2-c; 3-a B) 1-a; 2-b; 3-c C) 1-c; 2-b; 3-a D) 1-c; 2-a; 3-b
Download 23.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling