Test va test topshiriqlarining qiyinligi


Download 79.29 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi79.29 Kb.
#1588918
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim ZTT № 19


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya
mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Ko’chkinova Mahliyo Norbutayevna

TEST VA TEST TOPSHIRIQLARINING QIYINLIGI”


Annotatsiya: Mazkur maqolada test topshirigining o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyinlik darajasi, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi va uning ahamiyatli jihatlati yoritilgan.
Kalit so’zlar: qiyinlik darajasi, o’lchov birligi, nisbat, ko’rsatkich, aprobatsiya, contingent, indeks, diskriminant.
Test topshirigining qiyinlik darajasi (p qiymat deb ham ataladi) quyidagicha hisoblanadi:
p=
bunda:
p — test topshirig’ining qiymlik darajasi;
R = test topshirig‘iga to‘g‘ri javob berganlar soni;
T = test topshirig‘ini bajarganlaming umumiy soni.
Misol uchun, test topshirig‘ini 300 kishi bajargan bo‘lib va shulardan 180 tasi to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, test topshirig‘ining qiyinlik darajasi (p qiymati) 180/300 = 0,60ga teng.
Test topshirig‘ining qiyinlik darajasi 0 dan 1 gacha qiymatda o‘lchanadi, bu qiymat 1 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, test topshirig‘i shunchalik oson hisoblanadi. Test topshirig‘ining qiyinlik darajasini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish lozim:

  • qiyinlik darajasi 0,50 atrofida bo‘lgan test topshiriqlari eng sifatli hisoblanadi, chunki test topshiriqlarining qiyinlik darajasi 0,50 bo‘lganda testning dispersiyasi maksimal qiymatga ega bo‘ladi;

  • qiyinlik darajasi 0,30 va 0,70 oralig‘ida bo‘lgan test topshiriqlarini ham testda ishlatish mumkin;

  • qiyinlik darajasi 0,20 va 0,80 oralig‘ida bo‘lgan test topshiriqlarini ishlatishda boshqa ko‘rsatkichlarni (test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi, test topshirig‘ining butun test bilan korrelyatsiyasi) ham hisobga olish zarur;

  • qiyinlik darajasi 0,20 dan past (juda qiyin) va 0,80 dan yuqori (juda oson) test topshiriqlarini ishlatish tavsiya etilmaydi.

Test topshirig‘ining qiyinlik darajasi juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, testning ishonchliligini ko‘rsatuvchi boshqa juda ko‘plab parametrlari shu ko‘rsatkichga bevosita bog‘liq. Shu bilan birga, test topshirig‘ining qiyinlik darajasi nisbiy ko‘rsatkich ekanligini ham hisobga olish kerak: masalan, «Hisoblang: «7x8+14» shaklidagi test topshirig‘i 1-sinf o‘quvchilari uchun qiyin, yuqori sinf o‘quvchilari uchun oson bo‘lishi mumkin. Shuning uchun test topshiriqlarini aprobatsiyadan o‘tkazayotganda aprobatsiyada qatnashayotgan kontingent o‘z xususiyatlari jihatidan testni haqiqiy topshiradiganlar kontingentiga yaqin bo‘lishi darkor.


Download 79.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling