Test va test topshiriqlarining qiyinligi
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi
Download 79,29 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim ZTT № 19
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi - bu test topshirig‘ining bilimli (tekshirilayotgan domenni yaxshi o‘zlashtirgan yoki tekshirilayotgan konstrukt bo‘yicha yuqori ko‘risatkichga ega bo‘lgan) test topshiruvchini bilimsiz (tekshirilayotgan domenni yaxshi o‘zlashtirmagan yoki tekshirilayotgan konstrukt bo‘yicha past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan) test topshiruvchidan ajratib berish qobiliyatidir. Diskriminatsiya indeksi quyidagicha hisoblanadi: D= - bunda: D = test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi; ph – test topshirig‘ining yuqori guruh uchun p qiymati; p1 = test topshirig‘ining quyi guruh uchun p qiymati. Demak, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksini topish uchun oldin test topshirig‘ining yuqori va quyi guruhlar uchun p qiymatini topish kerak bo‘ladi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirishimiz lozim.1
Misol uchun, 100 kishi test topshirdi. Test topshiruvchilarni testda olgan natijalariga qarab kamayib borish tartibida joylashtiramiz. Shunda eng yuqori natija ko‘rsatgan 27 ta test topshiruvchi yuqori guruhni, eng past natija ko‘rsatgan 27 ta test topshiruvchi quyi guruhni tashkil qiladi. Yuqori guruhda 27ta test topshiruvchidan 25 tasi birinchi test topshirig‘iga to‘g‘ri javob bergan, demak, ph=25/27=0.93. Quyi guruhda 27 ta test topshiruvchidan 10 tasi xuddi shu test topshirig‘iga to‘g‘ri javob bergan, demak, , p1=10/27=0.37. Demak, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi 0,93-0,37=0,56 ga teng. Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi -1dan +1 gacha bo‘lgan qiymatlar oralig‘ida o‘lchanadi. Diskriminatsiya indeksini tahlil etishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi manfiy qiymatga ega bo‘lsa, bunday test topshirig‘iga bilimsizlar to‘g‘ri javob berib, bilimlilar noto‘g‘ri javob berayotgan bo‘ladi - bunday test topshirig‘ini testda ishlatib bo‘lmaydi. Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud. Shulardan biri nuqtali biseral korrelyatsiya deb ataladi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: rpbis= bunda: rpbis = test topshirig‘ining nuqtali biseral korrelyatsiya koeffitsiyenti; = test topshirig‘iga to‘g‘ri javob berganlarning o‘rtacha bali; = barcha test topshiruvchilarning o‘rtacha bali; =testning standart og‘ishi; p= test topshirig‘ining qiyinlik darajasi; q=1 – p Bu formula test topshirig‘ining bajarilishi va testning umumiy natijasi o‘rtasida qay darajada bogliqlik borligini ko‘rish hamda test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksini aniqroq hisoblash imkonini beradi. Test topshirig‘ining nuqtali biseral korrelyatsiya koeffitsiyenti ham -1 dan +1 gacha bo‘lgan qiymatlar oralig‘ida o‘lchanadi. Shuni hisobga olish lozimki, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi uning qiyinlik darajasiga (p qiymatiga) bevosita bog‘liq: haddan tashqari oson va haddan tashqari qiyin test topshiriqlarining diskriminatsiya indeksi ham talab darajasida bo‘lmaydi. Download 79,29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling