→Testlarni hammasini mukammal o'rganish darslikni mukammal takrorlab chiqish
-mavzu: Qon tomirlari, qon aylanish doirasi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5285486608152267447
19-mavzu: Qon tomirlari, qon aylanish doirasi
1.Qon tomirlari va ularga xos belgilar bilan juftlab yozing: a-arteriyalar,b-aorta,d-venalar,e-kapillar; 1-organlarga qon olib boradi,2-devori qalin elastik, 3-devori uch qavatli, yupqa, 4-devori bir qavat hujayralardan iborat. A)a-1,b-4,d-3,e-2 B) a-1,b-2,d-3,e-4 C) a-4,b-2,d-3,e-1 D) a-3,b-1,d-2,e-4 2.Katta qon aylanish doirasi bo'ylab qon o'tadigan organlarni tartib bilan joylashtiring: a-oldingi va keyingi kovak venalar, b-kapillarlar, d-arteriolalar, e-chap yurak qorinchasi, f-o'ng yurak bo'lmasi, g-aorta, h-arteriyalar. A)e,g,h,d,a,b,f B) e,h,g,d,b,a,f C) e,g,h,d,b,a,f D) f,g,h,d,b,a,e 3.Kichik qon aylanish doirasi bo'ylab qon o'tadigan organlarni yurakdan boshlab tartib bilan joylashtiring: a-o'pka kapillarlari, b-chap yurak bo'lmasi,d-o'ng yurak qorinchasi, e-o'pka arteriyalari, f-o'pka venalari. A)b,e,a,f,d B) d,a,e,f,b C) d,e,a,f,b D) f,e,a,d,b 4.Yurakning minutlik hajmi 5 l ni tashkil qiladi. Agar jigardan o’tadigan qon hajmi bronxlardan o’tadigan qon hajmidan, 20 martta kopligi ma’lum va bronxlar bir minutda qonni 4 % ni o’zlashtrishi ma’lum bo’lsa jigar orqali bir daqiqada o’tadigan qon hajmini hisoblang? A) 4000 ml B) 200 ml C) 4200 ml D) 1100 ml 5. Yurakka xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang; A)chap bo’lmacha diastola holatida,2 tavaqali klapan yopiq bo’ladi B)chap qorincha sistola holatida,yarimoysimon klapan yopiq bo’ladi C)o’ng bo’lmacha sistola holatida,sistolik bosim yuzaga keladi D)o’ng qorincha diastola holatida,3 tavaqali klapan yopiq bo’ladi 6.Vena qon tomirlariga tegishli belgilarni belgilang; 1.o’rta qavati yupqa,silliq muskul va elastik tolalardan iborat 2.qonni faqat yurak tomonga olib boradi 3.CO2 ga to’yingan qonni o’pkaga olib boradi 4. CO2 ga to’yingan qonni organlardan olib ketadi 5.qonni o’pkaga olib boradi
A.1,4 B.3,5 C.1,2 D.4,5 7.Quyidagilarning qaysi birida odam organizmida qon harakati yo'nalishi noto'g'ri ko'rsatilgan? l)chap bo'lmachadan chap qorinchaga 2)o'pka arteriyasidan chap bo'lmachaga 3)kovak venadan o'ng bo'lmachaga 4)o'pka venasidan chap bo'lmachaga 5)o'ng qorinchadan arteriyaga 6)o'pka venasidan o'pkaga 7)o'pkadan o'pka arteriyasiga https://t.me/Yazdanov_biologiya
21
8.O'pka venalari bo'ylab qanday qon o'tadi? A) arterial B) venoz C) aralash D) venoz va arterial 9. Arteriya qon tomirlariga tegishli belgilarni aniqlang; 1.o’rta qavati yupqa,silliq muskul va elastik tolalardan iborat 2.qonni faqat yurak tomonga olib boradi 3.CO 2 ga
to’yingan qonni o’pkaga olib boradi 4. CO 2 ga to’yingan qonni organlardan olib ketadi 5.qonni o’pkaga olib boradi A.3,5 B.1,5 C.2,4 D.4,5 10. Sog’lom odamda katta qon aylanish doirasining qaysi qismidan arterial qon o’tadi. A) 2 tavaqali klapan B) chap qorincha va aorta o’rtasidagi yarim oysimon klapan C) o’pka venasi klapan D) 3 tavaqali klapan 11. Sog’lom odamda kichik qon aylanish doirasining qaysi qismidan arterial qon o’tadi? A) 2 tavaqali klapan B) chap qorincha va aorta o’rtasidagi yarim oysimon klapan C) o’pka venasi klapan D) 3 tavaqali klapan 12. Qaysi a’zolardan boshlanuvchi qon tomirlar jigarga boradi. 1) taloq; 2) me’da; 3) o’pka; 4) ingichka ichak; 5) buyrak A) 1,2,4 B) 3,5 C) 2,3,4 D) 1,5 13.Qaysi a’zolardan boshlanuvchi qon tomirlar jigarga bormaydi. 1) taloq; 2) me’da; 3) o’pka; 4) ingichka ichak; 5) buyrak A) 1,2,4 B) 3,5 C) 2,3,4 D) 1,5 14. Quyidagi qaysi klapanlar karbonat angidridga to’yingan qonni bir tomonlama harakatini ta’minlaydi? 1) ikki tavaqali; 2) chap qorincha va aorta o’rtasidagi yarim oysimon; 3) uch tavaqali; 4) o’ng qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasidagi yarim oysimon; 5) pastki kovak vena klapanlari A) 3,4,5 B) 1,4 C) 1,3 D) 1,2 15.Quyidagi qaysi klapanlar kislorodga to’yingan qonni bir tomonlama harakatini ta’minlaydi? 1) ikki tavaqali; 2) chap qorincha va aorta o’rtasidagi yarim oysimon; 3) uch tavaqali; 4) o’ng qorincha va o’pka arteriyasi o’rtasidagi yarim oysimon; 5) pastki kovak vena klapanlari A) 3,4,5 B) 1,4 C) 1,3 D) 1,2
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling