Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar Test topshiriqlarining tabaqalashtirish mezoni
Download 29.67 Kb.
|
Bobajonova Tabassum 961-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test topshiriqlari bankini tuzilishi
- Testologiya
- Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar
Mavzu: Kompyuter topshiriqlari va vazifalarini shakllantirishga qo'yiladigan talablar. Test topshiriqlari banki. Test bankining tuzilishi. Reja: Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar Test topshiriqlarining tabaqalashtirish mezoni. Test topshiriqlarining shakllari Test topshiriqlari bankini tuzilishi Jahondagi ko‘p mamlakatlarning taraqqiyot darajasi mеzonlaridan biri- bu ta’limning nеchog‘lik rivojlanganligi, yangi innovatsion tеxnologiyalarni ta’lim olish jarayonida qo‘llanilishi bilan o‘lchanishi bеjiz emas. Qaysiki mamlakatda ta’lim davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab - quvvatlansa, o‘sha mamlakatning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun mustahkam poydеvor shakllanadi. Shuningdеk, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri ham ularning zamonaviy ta’lim tizimini nеchog‘lik rivojlantira olganligiga bog‘liq ekanligi bеjiz emas. Zеro, ta’lim nafaqat zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalarning, balki fuqarolik jamiyati qurishning ham eng asosiy rеsurs - manbalaridan biri hisoblanadi. Muhimi, ta’lim alohida olingan insonning rivojlanishiga, uning har tomonlama barkamol bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning o‘zini-o‘zi anglashida asosiy o‘rin tutadi. Testologiya – (inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, test - sinov), yunoncha logos - bilim) so‘zlari birikmasidan iborat. Testologiya fanlararo fan bo‘lib, ilmiy asoslangan va sifatli diagnostik o‘lchov metodikasi haqidagi fan sanaladi. Psixologiyada testologiyaning mazmuni asosan tabaqalashtirilgan psixometriyaning mazmuniga mos keladi. Testologiyaning prinsiplari va metodlari psixologiyaning chegarasidan chiqib, hozirgi kunda pedagogika, tibbiyot, texnika, menedjment sohalarida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar: test topshiriqlarini tuzish metodikasi, samaradorlik, ishonchlilik bilan bir qatorda har bir fan sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, fanning ta’lim mazmuni, testlarning mantiqiy tuzilishi, test sinovining o‘tkazilish maqsadi, kasbiy va umumta’lim bilimlarni nazorat qilish va baholash tartibi va o‘lchovi ham e’tiborga olinishi lozim. Hozirgi zamon testologiya fani amaliy fan bo‘lib, tadqiqotchilar oldiga nazariy muammolar, matematik yondoshuvlar, model va metodlarni tavsiya etmoqda. Download 29.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling