Testologiyani qo‘llashda umumiy xususiyatlar Test topshiriqlarining tabaqalashtirish mezoni
Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi
Download 29.67 Kb.
|
Bobajonova Tabassum 961-18
Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi; Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi; Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi; Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi; Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi; Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi; Tahsil oluvchilarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi; Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi. Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi lozim. Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‘rinni egallaydi, shu sababli o‘quv kursi mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq. Test metodining keng tarqalishi, rivojlanishi va takomillashuviga uning quyidagi afzalliklari: Test topshiriqlari tadqiqot maqsadiga muvofiq respondentlarning bilim, ko‘nikma va malakalariga aniq baholash imkonini beradi; Ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etgan ko‘psonli respondentlarning fikr va mulohazalarini aniqlash va umumlashtirish imkoniyati mavjud; Tahsil oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va baholash jarayoni ob’ektiv amalga oshiriladi, baholovchi tomonidan sub’ektivizmga yo‘l qo‘yish oldini oladi. Turli guruh respondentlaridan olingan ma’lumotlarni qiyosiy statistik tahlilini o‘tkazish imkon berishi kabilar zamin yaratgan. Olingan natijalar va testlarning maqsadga muvofiqligi quyidagi mezonlar bo‘yicha tahlil qilinadi: 1.Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi mezoni o‘rganilayotgan ob’ektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, u tahsil oluvchilar tomonidan mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra: Reproduktiv daraja; Produktiv daraja; Qisman-izlanishli daraja; Ijodiy (kreativ) darajada bo‘lishi mumkin. Reproduktiv darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilarning tomonidan yodda saqlangan bilim, ko‘nikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatda axborotlarni qayta ishlamasdan javob qaytarishni talab etadi. Produktiv darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarni qiyoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni talab etadi. Qisman-izlanishli darajadagi test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan o‘rganilgan ob’ektlarning xususiyatlarini boshqa ob’ektga ko‘chirish, mazkur ob’ektlarni taqqoslab, keyingi ob’ektning o‘ziga xos xususiyatlari haqida xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari tahsil oluvchilar tomonidan ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, mazkur test topshiriqlarini bajarish jarayonida tahsil oluvchilar tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashni talab etadi. Dastlabki reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv fan bo‘yicha tasdiqlangan DTSning minimal darajasiga, qismanizlanishli va ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSning maksimal darajasiga mos tuzilishi zarur. Download 29.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling