Texnalogiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlanirish vazirligi muhammad al-xorazmiy


Download 303.33 Kb.
bet3/7
Sana08.02.2023
Hajmi303.33 Kb.
#1177711
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
muxlisa mustaqil ish

Relational Database Model.


Eng keng tarqalgan modelrelyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi.
Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvalini yaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi.


MB bir nechta jadvallardan iborat boʻlishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni saqlash uchun alohida jadval, Xaridlar uchun alohida jadval, Mijozlar uchun alhoida jadval va hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bogʻlash uchun jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
Relational Model jadvallar oʻrtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan mijozlar va ular sotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o’qiyotgan fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o’rtasidagi munosabat relational model yordamida ko’rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many (birga-koʻp) yoki many-to-many (koʻpga-koʻp) koʻrinishida boʻlishi mumkin. Munosabatlar haqida birozdan keyin alohida toʻxtalamiz.

Demak yuqoridagilarning barchasi Relational Maʼlumotlar bazasining sifatlari ekan.
Keling endi bevostia loyihalash jarayoniga toʻxtalamiz.

Talablarni tahlil qilish: ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash


Dasturchi sifatida yaratilayotgan dasturiy taʼminot, unda saqlanadigan maʼlumotlar va ularga qoʻyilgan talablarni tushunish maʼlumotlar bazasini loyihlashda ishingizni bir muncha osonlashtiradi.
Maʼlumotlar bazasiga har tomonlama qarashni unutmang. Masalan, onlayn doʻkon uchun baza yaratganda, bazaga mijoz sifatida, yoki sotuvchi sifatida qarashingiz mumkin va bu ikkisi uchun bir hil maʼlumotlar turli koʻrinishda koʻrsatilishi kerakligini hisobga oling.
Talablar va maqsdalarni aniqlash uchuh quyidagi qadamlarni bajarish mumkin:

  • Bazani ishlatadigan odamlardan intervyu oling

  • Hisob-fakturalar, ish jadvallari, so’rovnomalar kabi biznes hujjatlarni tahlil qiling

  • Mavjud ma’lumotlar tizimlarini oʻrganing (shu jumladan jismoniy va raqamli fayllar)


Navbat ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak bo’lgan barcha maʼlumotlarni yig’ib, ularni turlarga ajratish: shaxslar, joylar, buyumlar, talabalar, fanlar, hodisalar va hokazo. Har bir turdagi maʼlumotlarning attributlarini ham aniqlab oling:
Xaridorlar

  • Ism

  • Manzil

  • Shahar, tuman, viloyat

  • E-pochta manzili

  • Telefon raqami

Mahsulotlar

  • Nomi

  • Narxi

  • Zaxiradagi miqdori

  • Buyurtma miqdori

Buyurtmalar

  • Buyurtma ID

  • Buyurtmani qabul qilgan sotuvchi

  • Sana

  • Mahsulotlar

  • Miqdor

  • Narx

  • Jami

Keyinchalik bu ma`lumotlar bevosita MB jadvallarini shakllantirishda ishlatiladi. Maʼlumotlarni imkon qadar mayda boʻlaklarga boʻling. Misol uchun, manzilni shahar, tuman, viloyat qilib ajratsangiz, kelajakda MBdagi foydalanuvhchilarni tuman, shahar yoki viloyat boʻyicha ajratib olishingiz qulay boʻladi.
Tasavvur qiling, sizda foydalanuvchilar va mijozlar degan jadvallar mavjud va siz biror shaxs haqidagi maʼlumotlarni ikkalasida ham saqlayabsiz. Agar bu shaxsning maʼlumotlari bitta jadvalda yangilansa (masalan telefon raqam oʻzgarsa), siz ikkinchi jadvalni ham yangilashingizga toʻgʻri keladi. Bu esa ortiqcha ish. Buning oldini olish uchun foydalanuvchilar uchun bitta jadval yaratib, bu foydalanuvchi mijoz yoki yoʻqligini attribut sifdatida koʻrsatish mumkin.
Ma’lumotlar bazasi qaysi turdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi, bu ma’lumotlar qayerdan olinishi va ulardan qanday foydalanilishini oʻrganganingizdan soʻng, siz haqiqiy ma’lumotlar bazasini rejalashtirishga tayyor bo’lasiz.

Download 303.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling