Texnalogiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalar unversiteti
Yoshlar muxiti va submadaniyat.Deviant hulq
Download 93.46 Kb.
|
6-mustaqil ish
2.Yoshlar muxiti va submadaniyat.Deviant hulq
Yoshlar dunyo aholisining katta qismini tashkil qiladi. Ko'pchilik, ayniqsa yoshlar bolalar, masalan, toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish bilan bog'liq ekologik xavf-xatarlarga juda moyil. Hozirgi davrda kelajak avlodlar tashvishlarini ifodalash siyosat ishlab chiqish sharoitida qiyin. Mamlakatimizda yoshlar masalasi xar doim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlarga oid davlat siyosati – bu davlatning demokratik taraqqiyot yo‘lida rivojlanishida yoshlarni muhim strategik kuch sifatida tan olishi, zamonaviy dunyoda yoshlarning ehtiyojlari, ularning mavjud demokratik muhitga to‘g‘ri moslashuviga yo‘naltirilgan qonunchilik va ijro etish xususiyatining yig‘indisi hamda o‘zining yoshlarga nisbatan boshqaruv va ijtimoiy funksiyalarini demokratik siyosiy tizim, xalqaro yoxud milliy huquq normalari talabi darajasida to‘liq bajarishidir. Yosh avlod vakillarining manfaatini, boshqa ko‘pchilik qatlamlar vakillarining manfaatiga qarshi qo‘ymasdan, umummilliy manfaat bilan uyg‘unlashtirish – yoshlar siyosatining asosiy vazifasidir. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati tubdan isloh etilib, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilib, qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu soha muayyan darajada rivojlantirildi, jumladan, yoshlar huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy tadbirlardagi ishtiroki orqali huquqiy-siyosiy madaniyatining shakllanishi, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligiga zamin yaratuvchi huquqiy baza yaratildi. Mamlakatimizda jismonan sog’lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish bo’yicha yagona tizimni yaratish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 30 iyun kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. O’z navbatida, Yoshlar ittifoqining tashkil etilishi, mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatni yangi bosqichga olib chiqilishiga, yoshlar xayoti, ularning kelajagi uchun yangi sahifa ochilishiga sobit qadam bo’ldi. O’zbekiston tajribasida amalga oshirilmagan, ya’ni 30 yoshga to’lmagan yosh kadrlarni vazir o’rinbosari, hokim, hokim o’rinbosari, hamda korxona va tashkilot rahbari lavozimlariga tayinlash tizimi joriy etildi. Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yo‘nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmoqda. So'nggi paytlarda yoshlar jinoyati muammosi tobora keskinlashib bormoqda. Zamonaviy jamiyatda jamiyatning axloqiy va ijtimoiy normalarini deformatsiya qilish, yoshlar muhitida antisosional munosabat va stereotiplarni rivojlantirish, yoshlar jamiyatining maxsus deviant va kriminal subkulturasini shakllantirish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Yoshlarning jinoiy submadaniyati bu voyaga etmaganlar va jinoiy guruhlarga birlashgan yoshlarning turmush tarzidir. Bu yoshlar muhitini kriminallashtirishning asosiy mexanizmi bo'lib, odatiy o'spirin va yoshlar subkulturasidan o'zining ijtimoiy va jinoiy tarkibiga ko'ra farq qiladi; odamlarning xulq-atvoriga ta'sir qilishning aniq totalitar usullari; o'qituvchilar va kattalar tomonidan yopiq; qat'iy jinoiy axloq va jazo choralarining mavjudligi; uning ishtirokchilarining holati-rolini tartibga solish va tartiblashtirish. Yoshlar orasida xuquqiy tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va sodir etiladigan xuquqbuzarlikning oldini olish borasidagi pedagogik faoliyatni yanada kuchaytirish uchun quyidagilarni amalda oshirish kerak. Umumiy ta’lim maktablarida, xuquqiy maktablarida, xuquqiy bilimlarni targ‘ib qiladigan xonalar tashkil qilishga alohida ahamiyat berish. Barcha maktablarning sud, prokuratura,advakatura,birinchi navbatda voyaga etmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar bilan aloqani mustaxkamlashi. Doimiy ravishda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ommalashtirish va ularni keng tadbiq etishi kerak. 2. XX asrning 60-yillari oxirida sotsiologlar jamiyatda va madaniyatda yuz berayotgan jarayonlarni izohlash uchun yangi submadaniyat tushunchasini fanda qo‘llay boshlashdi. Submadaniyat(lotincha:sub–“ost” va madaniyat) jamiyatshunoslik, antropologiya va madaniyatshunoslik atamasi boʻlib, jamiyat madaniyatining keskin farqlanuvchi bir qismini anglatadi. Submadaniyat - bu turli ijtimoiy guruhlar madaniyati, deb qaraladi. Submadaniyatga ijtimoiy qatlamlar: shaharliklar, qishloq aholisi, yoshlar, ishchilar, dehqonlar, o‘rta qatlam, quyi qatlam va hatto yuqori qatlam kiradi. Gap shundaki, shu qatlamga kiruvchi kishilar faqatgina o‘zlarining qatlamiga tegishli madaniyatni yoqtiradilar, qolgan qatlamlardagi madaniyat turi ularga begonadek, tushunarsiz ko‘rinadi. Sababi esa submadaniyat har bir o‘ziga tegishli guruhni boshqa guruh madaniyatlaridan “izolatsiya”da saqlaydi. Masalan, eng rivojlangan va faol bo‘lgan yoshlar submadaniyati. Yoshlar submadaniyatining markazini musiqa tashkil qiladi (asosan, pop va rok musiqalari). Submadaniyat ichida oʻziga xos kiyinish, jargon, hatti-harakat va boshqa madaniy normalar boʻlishi mumkin. Submadaniyatlar milliy, demografik, professional, geografik va boshqa asoslarda shakllanishi mumkin. Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar alohida ajratiladi. Aniq ta'riflar turlicha bo'lishiga qaramay, Oksford ingliz lug'atida submadaniyat "katta madaniyat doirasidagi madaniy guruh bo'lib, ko'pincha katta madaniyat bilan farq qiladigan e'tiqod yoki qiziqishlarga ega" deb ta'riflanadi. Submadaniyatni tanqid qilish xususiyati hukmron bo'lgan ijtimoiy me'yorga qarab salbiy deb qabul qilinishi mumkin. Shaxsning submadaniyati modelini bosqichma-bosqich qabul qilishi unga shu nuqtai nazardan o'sib boruvchi maqomni beradi, lekin ko'pincha, uni boshqa model hukm suradigan joydan tashqaridagi, kengroq ijtimoiy sharoitdagi maqomidan mahrum qiladi. Sotsiologlar Gari Alan Fayn va Sherril Klaynman 1979 yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, submadaniyat potentsial a'zoni guruhga xos bo'lgan artefaktlarni, xatti-harakatlarni, me'yorlarni va qadriyatlarni qabul qilishga undash uchun xizmat qiluvchi guruhdir. Deviant xulq-atvor - jamiyatda o‘rnatilgan axloq me‘yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq-atvor muammosini sosiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta‘limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta‘rif beradi: ―Deviant xulq-atvor jamiyatda e‘lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir. Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqa-rishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi. Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi: a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me‘yor-larga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyati va shuning oqibatida sodir etilgan xatti- harakat. b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tas-niflar mavjud: 1) Alkogolni har zamonda iste‘mol qilish. 2) Alkogolni ko‘p iste‘mol qilish — spirtli ichimliklarni muntazam, ya‘ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p mikdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm — spirtli ichimliklarga patolo-gik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. v) giyohvandlik. Giyohvand modda yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste‘mol qilish. g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Konkubinat — nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik — pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham me‘yordan og‘ish sifatida qaraladi. d) byurokratiya. ―Byurokratiya termini aslida ―hokimiyatga ega bo‘lgan xodim‖ degan ma‘noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan ―byurokratiya mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste‘mol qilish kabi salbiy ma‘nolarda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda ―byurokratiya termini asl ma‘nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi. Yuqoridagilardan tashqari mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me‘yordan chekinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi. Download 93.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling