Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari


Shaxsiy kompyuterlarnig arxitekturasi


Download 1.23 Mb.
bet10/16
Sana05.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#222959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-amaliy

Shaxsiy kompyuterlarnig arxitekturasi

Kompyuter aslo bitta qurilma emas. Balki, uning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida o’zaro hamkorlikda ishlovchi ko’plab elektron qurilmalardan tashkil topgan hisoblash tizimidir. Bular,



- ma’lumotlarni va buyruqlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmalar;

- kiritilgan ma’lumotlarni maxsus dasturlar yoki buyruqlar yordamida qayta ishlovchi qurilmalar;

- kiritilgan ma’lumotlarni va olingan natijalarni vaqtincha yoki uzoq vaqt saqlovchi xotiralovchi qurilmalar;

- hisoblash natijalarini foydalanuvchiga qulay va ko’rgazmali ravishda yetkazib beruvchi qurilmalar;

- shu qurilmalarning ishlashini doimiy ravishda nazorat qilib boruvchi va ularning talabdagidek ishlashini ta’minlovchi qurilmalar;

- qurilmalarni kerakli miqdordagi o’zgarmas elektr quvvati bilan ta’minlovchi qurilmalardir.

Ana shunday qurilmalarning majmui kompyuterning qurilmaviy ta’minoti yoki kompyuterning konfigurasiyasi deyiladi.

Har qanday zamonaviy kompyuterning (yoki kompyuter tizimining) konfigurasiyasi quyidagi qurilmalardan tashkil topishi mumkin:

Tizimli blok; Tizimli plata;Prosessor;Tezkor xotira;Qattiq disk diskovodi;



  • CD-ROM va DVD diskovodlari;Yumshoq disk diskovodi;Videokarta;Audiokarta;

  • Monitor;Kompyuterlar to’ri kartasi;Modem kartasi;Klaviatura;«Sichqoncha» yoki monipulyatorlar;Ta’minlash bloki;Modemlar;Printerlar;Skanerlar;Strimerlar;

  • Magnitooptik diskovodlar;Ko’chma (mobil) qattiq disklar;Plotterlar;Digitayzerlar;

Kompyuterlar to’ri kartasi (Network - card); Modem kartasi (Modem - card); Web - TV va VGA-NTSC kartalari;Uzluksiz ta’minlash bloki;Antielektrostatiklar;Web-kameralar;Multiproyektorlar;Audiokolonkalar;Mikrofor va naushniklar;Raqamli fotokameralar;Raqamli videokameralar;Flesh-karta va flesh-breloklar.

Vazifalariga ko’ra bu qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning asosiy, tashqi va qo’shimcha qurilmalarini tashkil qiladi. Shularga ko’ra, zamonaviy kompyuterlarning (yoki kompyuter tizimlarining) konfigurasiyalari ham uchta variantda bo’ladi:



Minimal konfigurasiya – faqat, asosiy qurilmalardan tashkil topadi (ya’ni, kompyuterning o’zi);

To’liq konfigurasiya – asosiy va tashqi qurilmalardan tashkil topadi (kompyuter tizimi);

Kengaytirilgan konfigurasiya – asosiy, tashqi hamda qo’shimcha qurilmalardan tashkil topadi (kengaytirilgan kompyuter tizimi).


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling