1-Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar. Reja


Download 0.72 Mb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1375848
  1   2
Bog'liq
Konyuter tarmoqlari 1-mavzu


1-Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar.
Reja:

  1. Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar.

  2. Kompyuter tarmoqlari rivojlanish tarixi.



Tarmoq – kompyuterlar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishini ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o’zaro bog’langan majmui.
Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi tarmoqlar kompyuter tarmoqlari деб аталади.

Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida echish imkoniyatlarini beradi.





Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar

  • Fayl server xizmati. Tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuter(сервер)ning ma’lumotlaridan foydalanish yoki o’z ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish;

  • Print server xizmati. Tarmoqdagi barcha kompyuterlar o’z ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilish;

  • Proksi server xizmati. Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlaridan foydalanish;

  • Кompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuriyishini belgilash va nazorat qilish.



Kompyuter tarmoqlari rivojlanish tarixi.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash g’oyalari birinchi bo’lib, 1960-yillarning boshlarida paydo bo’la boshladi. 1965 – yili Lourens Roberts va Tomas Merrvill Kaliforniya va Massachusets shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog’lashdi.

Lourens Roberts.

Tomas Merrvill
1961 yili Defence Advanced Research Agensy (DARPA) AQSh ning mudafaa vazirligi topshirig’iga asosan paketlarni uzatish uchun mo’ljallangan tajribaviy tarmoq yaratish loyixasiga qo’l urdi. Bu tarmoq ARPANET deb atalib, turli kompyuterlar orasida barqaror aloqani ta’minlash usullarini tadqiq etish uchun mo’ljallangan edi.
1972 yilda ARPANET tarmog’ini birinchi namoyishi bo’lib o’tdi, unda R. Tompson elektron pochtani kashf etdi. Shu vaqtda tarmoqda ma’lumot uzatish protokoli - TCP/IP yaratilgan edi. TCP/IP – bu turli kompyuterlar o’zaro aloqani qanday bog’lashini aniqlab beradigan ko’p sonli kommunikatsiya protokollari yig’indisidir.
1973 yilda R. Kan va V. Serf Internet tarmog’i tuzilma g’oyasini ilgari surishadi, va birinchi marta tarmoqqa AQSh tashqarisidan bog’lanish amalga oshiriladi. ARPANET tajribasi shu qadar muvafaqqiyatli ediki, juda ko’p tashkilotlar kundalik axborot almashinuvi maqsadida bu tarmoqqa ulanishni xoxlashdi.
Dastlab „ARPANET“ tarmog’i 4-ta shtat unversitetelarida joylashgan to’rt kompyuterdan iborat edi.

ARPANET haritasi.
Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi.

1969-1975 yillarda ARPANETning rivojlanishi.

1972-yili Internetning asosiy xizmatlaridan biri – elektron pochta paydo bo’ldi va bu umumjahon tarmog’iga zo’r impuls, turtki bo’ldi.



6- rasm. Ray Tomlinson.
1971-yil oktabr oyida insoniyat tarixida ilk marotaba BBN kompaniyasi xodimi Ray Tomlinson elektron pochta orqali xabar yubordi. Matn klaviaturaning yuqori qatoridagi QWERTYUIOP harflardan iborat bo’lib, Tomlinsonning o’ziga yuborilgan. 1972-yilning mart oyida Tomlinson SNGMSG va READMAIL elektron xabarlarni yuborish va o’qish dasturlarini yaratdi. O’sha paytning o’zida ARPANET ning barcha foydalanuvchilariga yuborilgan xatda elektron manzillarning @ yordamida tuzilish asoslarini bildirdi (login_name@host_name).
1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP(transmission control protokol/internet protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo’ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling