1-Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar. Reja


Download 0.72 Mb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1375848
1   2
Bog'liq
Konyuter tarmoqlari 1-mavzu

Vinton Serf.
1975 yili ARPANET tajribaviy tarmoqdan ishchi tarmoqqa aylandi.
Tarmoqni boshqarish ma’suliyatini Defence Communication Agency (DCA) xozirda Defence Information Systems Agency (DISA) deb nomlanuvchi tashkilot oldi. Lekin ARPANET rivojlanishi shu bilan to’xtab qolmadi: TCP/IP protokollari rivojlanishda davom etdi. 1977 yilda birinchi 100 ta tadqiqotchilarga elektron pochta xizmati taqdim etildi.
1983 yilda Military Standarts (MIL STD), ya’ni xarbiy standartlar tarkibiga kirgan TCP/IP protokollari uchun birinchi standart ishlab chiqildi, va shundan keyin xamma tarmoq foydalanuvchilari ushbu yangi protokollarga o’tishga majbur bo’lishdi. Ushbu yil Internet tarmog’ining tug’ilgan yili deb xisoblanadi. DARPA ushbu protokollarga o’tishni engillashtirish maqsadida Berkley Software Design firmasi raxbariyatiga TCP/IP protokollarini Berkeley (BSD) UNIX da tadbiq etish taklifi bilan murojaat qildi. Shunday UNIX va TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha vaqtdan so’ng TCP/IP xammaga tushunarli oddiy standartga moslashtirildi, va Internet atamasi keng qo’llana boshlandi.
1983 yili ARPANET dan AQSh mudofaa vazirligining Defence Data Network (DDN) ga taalluqli bo’lgan MILNET ajralib chiqdi. Internet atamasi MILNET va ARPANET ning birlashtirgan yagona tarmoq uchun qo’llanila boshlandi.
1984 yilda Internetga 1000 xisoblash mashinasi ulandi,
1989 yilda – 100 ming ta, 1992 yilda esa 1 000 000 xisoblash mashinasi ulandi.

1992 yilda Bernes-Li WWW ‘Butun dunyo o’rgimchak to’ri’ni kashf qildi. Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet tarixida World Wide Web yaratilishi muxim axamiyat kasb etdi. Avval tarmoqdagi ma’lumotlar faqat matn ko’rinishida uzatilar edi. Berners-Li va uning hamkasblari WWW nomi bilan mashhur texnologiyani yaratishdi. Bu texnologiya rang-barang web sahifalarni yaratishga yo’l ochib, giperko’rsatkichlar yordamida Internetda boshqa sahifalar bilan bog’lashga imkoniyat yaratdi.




Tim Berners-Li.

Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (TsERN Jeneva) fizigi tomonidan xamma fiziklar va boshqa olimlar tomonidan Internet tarmog’ida taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish g’oyasi ilgari surildi. O’sha vaqtda mavjud bo’lgan Internet vositalari foydalanuvchilardan tarmoq xaqida katta bilimga ega bo’lishni talab etardi, shuning uchun axborotni uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi.


1993-yili Mark Andrisen (Marc Andreesen) Illinois shtati universitetida “Mosaic” nomli web-sahifalarini ko’rish dasturini yaratdi.

Mark Andrisen.

Birinchi Internet-brauzer.
Internet tarmog’i tarixida uchinchi muxim voqea bu NCSA Milliy kompyuter ilovalari markazi dasturchilar guruxi tomonidan birinchi MOSAIC brauzer-dasturini ishlab chiqilishi bo’ldi, bu esa Internet tarmog’idan barcha istaganlar foydalanish imkonini berdi. MOSAIC brauzeri foydalanuvchilarga ‘sichqoncha’ tugmasidan osongina foydalangan xolda axborotlarni qabul qilish va taqdim etish imkonini berdi.
Dasturlarni o’zaro almashtirish va fayllarga o’zgartirish xaqida o’ylash zaruriyati qolmadi. Brauzer-dasturi xujjatlar, grafiklar, rasmlar va ovozlarni avtomatik tarzda qayta ishlab, WWW da oson ishlashni ta’minladi. Asosan qiyin topiladigan resursli matn ko’rinishidagi tarmoqdan rangbarang va turli axborotni oson olish manbasiga aylandi, oddiy matndan videotasvirgacha o’zgardi.
1991 yili ARPANET o’z faoliyatini tugatdi, Internet tarmog’i esa mavjud, uning xajmi ilk xajmidan bir necha barobar katta, chunki u butun dunyo bo’ylab turli tarmoqlarni birlashtirdi. ARPANET tarmog’i boshlang’ich davrida atigi 4 ta katta EXM dan tashkil topgan edi.
1995 yili esa 4,5 million faol kompyuterlarni birlashtirdi. Foydalanuvchilarning asosiy o’sish surati kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanayotgan va kompyuterlar imkoniyatlari kengayotgan paytga XX asrning 90-yillariga to’g’ri keladi. ARPANET/Internet tarmog’ining 25 yilligida tarmoq marketing, savdo-sotiq, bank operatsiyalari, radioeshittirish va ‘jonli’ kontsertlar uchun qo’llanila boshlandi.
1995 yili Compuserve, Progidy, America Online portallari Internet tarmog’iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish xuquqini) taqdim etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brazuer-dasturi yaratilda va keng miqyosda qo’llanila boshlandi.
1990 yillar o’rtalarigacha Internet tarmog’idan nisbatan tor doiradagi akademik uyushmalar foydalana olar edi. Xozirgi vaqtda esa Internetga ulangan o’nlab million kompyuterlarda ulkan xajmdagi axborot saqlanadi (100 millionlab fayllar, xujjatlar va boshq.) va yuz millionlab odamlar global tarmoqning axborot xizmatlaridan foydalanmoqdalar.


Nazorat uchun savollar:



  1. Kompyuter tarmoqlari nima?

  2. Tarmoq xizmatlaini sanab bering?

  3. Tarmoqning fayl-server dasturiy ta’minoti tushuntiring.

  4. Tarmoqning klient-server dasturiy ta’minoti tushuntiring.

  5. Birinchi Internet-brauzerini kim yaratdi?

  6. WWW “Butun dunyo o’rgimchak to’ri”ning asoschisi.?

  7. Birinchi elektron pochta nechanchi yil yaratilgan?

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling